ShHT-2022: Samarqand sammiti

Toshkentda ShHT sog‘liqni saqlash vazirlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

ShHT mamlakatlarda xalq tabobatini zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimlariga integratsiya qilish forumi doirasida ShHT SSV rahbarlari uchrashuvi.
Sputnik
TOShKENT, 8-iyun - Sputnik. Toshkent shahridagida Xalqaro anjumanlar saroyida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar sog‘liqni saqlash vazirlarining beshinchi yig‘ilishi boshlandi, deb xabar qilmoqda O‘zA.
Yig‘ilish “ShHT mamlakatlari an’anaviy (xalq) tabobatini zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimlariga integratsiyasi” xalqaro forumi doirasida o‘tkazilmoqda.
Gibrid formatda, O‘zbekiston Respublikasi raisligida o‘tayotgan uchrashuvda ShHTga a’zo mamlakatlar sog‘liqni saqlash vazirlari, shuningdek, sohada faoliyat olib borayotgan xalqaro ekspertlar, turli vazirlik, idoralar rahbarlari, faxriy mehmonlar ishtirok etapti.
Toshkentda sog‘liqni saqlash vazirlari uchrashuvi
Anjuman avvalida mamlakatimiz sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev va ShHT Bosh kotibi Chjan Min so‘zga chiqib, qatnashchilarni bugungi nufuzli tadbirdagi ishtiroki bilan qutladi.
Bosh kotib onlayn chiqishida tashkilot oldida tizimdagi hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish vazifasi turganini ta’kidlab, buning uchun barcha imkoniyat mavjudligini qayd etdi.
Ayni payt dasturga muvofiq, Hindiston sog‘liqni saqlash va oila farovonligi vaziri Mansux Mandavia ma’ruza qilyapti.
ShHT

Ma’lumot uchun, Shanxay hamkorlik tashkiloti - mintaqaviy xalqaro tashkilot bo‘lib, uning tarkibiga Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston kiradi.

ShHT haqida Dunyodja eng yirik hududiy tashkilotdir. Uning umumiy hududi 34 mln. km2, aholisi soni – 3,4 mlrd. kishi. Bu Yer shari aholisining yarmini tashkil qiladi.

Toshkentda sog‘liqni saqlash vazirlari uchrashuvi