TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkilotida (ShHT) tibbiyot assotsiatsiyasi paydo bo‘lishi mumkin. Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan ShHTga a’zo davlatlar sog‘liqni saqlash vazirlarining yig‘ilishida shunday taklif bilan chiqdi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
“Men ShHT davlatlariga ShHT tibbiyot assotsiatsiyasini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqishni taklif qilmoqchiman”, - dedi Murashko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu birgalikda davolash standartlari va tibbiyot etikasini tamoyillarini ishlab chiqishga imkon beradi.
Rossiya vaziri yig‘ilish qatnashchilariga bu masala borasida o‘ylab ko‘rish va uni keyingi uchrashuvlarda muhokama qilishni taklif qildi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar sog‘liqni saqlash vazirlarining beshinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi raisligida ham oflayn, ham onlayn shaklda o‘tkazilmoqda.