Qrim va Zaporojye viloyati o‘rtasida temir yo‘l qatnovi qayta tiklandi

Temir yo‘l aloqasi bundan sakkiz yil oldin Kiyev hukumatining Qrimga transport qamalini uyushtirish qarori tufayli to‘xtatib qo‘yilgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Zaporojye viloyati janubidagi Melitopol shahridan g‘alla ortilgan birinchi poyezd Qrimga yetib keldi. Bu haqda Qrim rahbarining axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi Oleg Kruchkov ma’lum qildi.

“Biz Qrim bilan yuk tashish aloqasi qayta tiklangani haqida aytishimiz mumkin. Shimoliy Qora dengizbo‘yi bidan temir yo‘l qayta tiklandi”, - dedi u RIA Novosti bilan suhbatda.

Kruchkov endi ikki hudud o‘rtasida o‘zaro tovar ayirboshlash o‘sishiga ishonch bildirdi.
Temir yo‘l aloqasi bundan sakkiz yil oldin Kiyev hukumatining Xerson viloyati chegarasida Qrimga transport qamalini uyushtirish qarori tufayli to‘xtatib qo‘yilgan edi.
Maxsus harbiy operatsiya davomida Rossiya harbiylari Ukraina janubidagi Xerson va Zaporojye viloyatining Azov qismini nazorat ostiga oldi. Hududlarda harbiy-fuqarolik boshqaruvi tuzildi, Rossiya telekanallari va radiostansiyalari efirga chiqa boshladi, Qrim bilan savdo aloqalari tiklanmoqda.