U23: O‘zbekiston guruhda birinchi o‘rin bilan chorak finalga yo‘l oldi

O‘zbekiston o‘z guruhida birinchi o‘rin bilan chorak finalga yo‘l oldi.
Sputnik
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi mamlakatda o‘tkazilayotgan U23 Osiyo kubogi guruh bosqichidagi ishtirokini muvaffaqiyatli yakunladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Uchrashuvning 22 daqiqasida Otabek Jo‘raqo‘ziyev hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda bor e’tiborini hujumga qaratgan eronliklar o‘yining 62 daqiqasida gol urishdi.
Gol muallifi Ariya Yusufiy. O‘yinning qolgan qismida darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi va jamoalar o‘z hisoblariga 1 ochkodan qo‘shib qo‘yishdi.
So‘nggi turda Eronga qarshi bahsda 1:1 hisobi qayd etildi.
Uzbenkistan - Iran U23
Shu tariqa, “A” guruhida 7 ochko jamg‘argan Temur Kapadze shogirdlari 1-o‘rin bilan chorak finalga yo‘l oldilar.
Endilikda O‘zbekiston jamoasi yarim final chiptasi uchun 11-iyunda Iroq jamoasini mag‘lub etishi kerak.
Uzbenkistan - Iran U23