Ekspert O‘zbekistonning Osiyo kubogidagi imkoniyatlariga baho berdi

O‘zbekiston Osiyo kubogi-2023 ga yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun Tailand, Maldiv orollari va Shri-Lanka jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Sputnik
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Bugun, 8-iyun kuni, O‘zbekiston terma jamoasi futbol bo‘yicha Osiyo kubogi-2023 saralash bosqichidagi o‘zining birinchi o‘yinini o‘tkazadi.
Milliy jamoaning raqibi Shri-Lanka bo‘ladi. Bahs Namangandagi “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin mahalliy vaqt bilan soat 20:30 da boshlanadi.
Sport sohasidagi ekspert, Jahon chempionati-2022 tashkiliy qo‘mitasining xodimi Alisher Nikimbayev bu O‘zbekiston jamoasi uchun ko‘proq rasmiyatchilik ekanini tushuntiradi. Saralash bosqichini o‘tkazish tizimi o‘zgartirilgandan beri milliy terma jamoaning elita jamoalar bo‘lmagan pastdan borishiga to‘g‘ri keladi.

“Shu bois O‘zbekiston jamoasi uchun bu rasmiyatchilik – guruhda birinchi o‘rinni egallash zarur”, - dedi u Sputnik bilan suhbatda.

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, Shri-Lanka va Maldivga qarshi o‘tkazilgan bahsda g‘alabadan boshqa har qanday natija omadsizlik sifatida baholanadi. Nikimbayev saralash o‘yinlarining barchasi mamlakat maydonlarida o‘tkazilayotgani va bu muvaffaqiyatning qo‘shimcha omili ekanini eslatib o‘tdi.

“Yaxshi o‘ynash g‘oyat muhim, guruhda birinchi o‘rinni egallash, Osiyo kubogiga yo‘l olish nihoyatda muhim. Garchi u qayerda va qachon o‘tkazilishi hozirgacha ma’lum bo‘lmasada, terma jamoaning musobaqaga tayyorlanishi va kamida yarim final uchun kurash olib borishiga kamida bir yil fursati bor”, - deydi ekspert

O‘zbekiston terma jamoasi futbol bo‘yicha Osiyo kubogi-2023 yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun Tailand, Maldiv orollari va Shri-Lanka jamoalariga qarshi maydonga tushishadi. O‘yinlarning hammasi Namanganda bo‘lib o‘tadi.
“Oq bo‘rilar” o‘z yurishlarini 8-iyun kuni Shri-Lanka jamoasiga qarshi boshlashadi. 11-iyun kuni Maldiv orollariga bilan kuch sinashsa, 14-iyunda Tailandga qarshi maydonga tushadi. 3-saralash bosqichida har bir guruh g‘olibi va eng yaxshi ko‘rsatkichga ega beshta ikkinchi o‘rin sohibi Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.
2023 yilgi Osiyo kubogi musobaqasi Xitoyda bo‘lib o‘tishi kerak edi. Ammo mamlakat epidemiologik vaziyat sababli Osiyo birinchiligini qabul qilishdan bosh tortdi. Hozircha musobaqa qayerda o‘tkazilishi borasida ma’lumot yo‘q.