TOShKENT, 7-iyun – Sputnik. Angela Merkel Rossiya prezident Vladimir Putin unga nima sababdan yumshoq o‘yinchoq sovg‘a qilganini aytib berdi.
Germaniya sobiq kansleri iste’foga chiqqanidan so‘ng uzoq vaqt jurnalistlar oldida paydo bo‘lmagan edi. Uning 7-iyun kuni Rhoenix telekanaliga bergan intervyusi birinchi norasmiy intervyu bo‘ldi.
Merkel aytishiga ko‘ra, Kremlda Vladimir Putin bilan uchrashgan vaqtida Rossiya prezidenti unga ulkan yumshoq o‘yinchoq it sovg‘a qilgan.
"Kremlga birinchi tashrifim edi. Putin menga "Men sizning itlar bilan muammolaringiz borligini eshitdim", deb ulkan o‘yinchoq it sovg‘a qildi", deb hikoya qiladi sobiq kansler. Shundan so‘ng Merkel "Bunday sovg‘a bilan kanslerning jasoratiga chek qo‘yish mumkin edi", - deb hazil qildi. Intervyuni tinglayotganlar buni qahqaha va olqishlar bilan kutib olishdi.
Bundan oldin, 2007-yilda Putin va Merkel orasida Sochida bo‘lib o‘tgan uchrashuv vaqtida Rossiya prezidentining sevimli iti Labrador Koni muzokaralar xonasiga kirgan edi. Merkel qo‘rqib ketadi. O‘shanda ba’zi xorijiy OAVlar Putin buni ataylab qilgani haqida yozgan edi. (Chunki Merkelni 1995-yilda it tishlagan va shundan keyin u itlardan qo‘rqadigan bo‘lib qolgan).
Kansler Germanii Angela Merkel i prezident Rossii Vladimir Putin
© Sputnik / Dmitriy Astaxov
Lekin 2016-yilda Putindan nemis jurnalistlari ushbu voqea haqida so‘rashganda Rossiya prezidenti kansler itlardan qo‘rqishi haqida hech narsa bilmaganini tan olgan edi. Rossiya yetakchisining tushuntirishicha, aksincha, u o‘z itini ko‘rsatganida vaziyatni yumshatmoqchi bo‘lganini tushintirgan. Sochidagi voqeadan so‘ng Rossiya prezidenti Merkeldan kechirim so‘raganini ham tan olgan.