TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Odam maymun chechagini qayta yuqtirib olishi mumkin Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) chechakka qarshi kurashish kotibiyatining rahbari Rozamund Lyuis ma’lum qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbiy Afrikada maymun chechagini yuqtirib olgan shifokor keyin yana u bilan qayta kasallangan.
“Immunitet qayta kasallanishdan 100 foiz himoya qilmaydi”, - dedi Rozamund Lyuis.
Shuningdek, JSST bu kasallikka qarshi ommaviy emlash ishlarini olib borishni tavsiya qilmaydi. Vaksinalardan asosan bu virusni yuqtirib olish ehtimoli yuqori bo‘lganlarni himoya qilish uchun foydalaniladi.
Avvalroq Rossiyada hozir maymun chechagiga qarshi yangi vaksina va dori vositalari sinovdan o‘tkazilayotgani xabar qilingan edi.