TOShKENT, 8-iyun - Sputnik. Bishkeklik reper Meder Qodirov surgutlik hamkasbi bilan birgalikda Rossiyaning Ukrainadagi operatsiyasini qo‘llab-quvvatlovchi antifashistik trekni yozdi.
Qo‘shiq matnida 77-yil oldin rus, qozoq, qirg‘iz, o‘zbek va tojiklar birgalikda fashizmga qarshi kurashgani kabi hozir ham Rossiya askarlari kurashotgani aytib o‘tilgan.
"Qirg‘izistonlik biz uchun vaziyatni tushunish qiyin, chunki targ‘ibot qanday ketayotganini va qanday axborot to‘lqini ketayotganini o‘zingiz bilasiz. Ogoh bo‘lish, hushor o‘ylash qiyin, bunday axborot shovqinida bizga o‘xshaganlarni to‘g‘ri vektorda fikrlash uchun yo‘naltirish kerak"
Bishkekda ko‘pchillik rus tilida gapiradi, rusofobiyadan aziyat chekmaydi, lekin Rossiya maxsus operatsiyasi borasida axborot urushi Qirg‘izistonda ham davom etmoqda. Batafsil videolavhamizda tomosha qiling.