Berlinda avtomobil odamlarni bosib ketdi

Baxtsiz hodisa Sharlottenburg tumanidagi Breytshaydplas maydoni yaqinida sodir bo‘lgan.
Sputnik
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Berlinda avtomobilning trotuarga chiqib ketishi oqibatida kamida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Baxtsiz hodisa Sharlottenburg tumanidagi Breytshaydplas maydoni yaqinida sodir bo‘lgan. Voqea joyida 60 nafar o‘t o‘chiruvchidan iborat o‘t o‘chirish brigadasi navbatchilik qilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, sakkiz kishi jarohatlangan. Politsiya haydovchi hibsga olinganini ma’lum qildi. U asli kelib chiqishi arman bo‘lgan 29 yoshli Germaniya fuqarosi.
Hozir u so‘roq qilinmoqda.