Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Xerson viloyatida birinchi Rossiya banki ish boshladi

Kirill Stremousov endi Ukraina banklari Xerson viloyati hududida ishlamasligini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Xerson viloyati hududida birinchi Rossiya banki ish boshladi. Bu haqda viloyat harbiy-fuqarolik ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Kirill Stremousov ma’lum qildi.
Shu bilan birga u bank hozir tajriba tariqasida ishlayotganiga aniqlik kiritib o‘tdi va qaysi bank ekanini ochiqlamadi.

“Hozir barcha bank tizimi shakllanish jarayonida, bu vaqt masalasi, biroq hammasi tez bajarilmoqda. O‘ylaymanki, yaqin bir-bir yarim oy ichida odamlar o‘z hisoblarini ochishlari mumkin”, - dedi Stremousov. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Viloyat harbiy-fuqarolik ma’muriyati rahbari o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina harbiylarining o‘zi aloqaga shikast yetkazganligi sabab Ukraina banklari Xerson viloyati hududida endi ishlamaydi.
Eslatib o‘tamiz, maxsus harbiy operatsiya davomida Rossiya harbiylari Ukraina janubidagi Xerson va Zaporojye viloyatining Azov qismini nazorat ostiga oldi. Hududlarda harbiy-fuqarolik boshqaruvi tuzildi, Rossiya telekanallari va radiostansiyalari efirga chiqa boshladi, Qrim bilan savdo aloqalari tiklanmoqda.

Mavzuga oid:

Xerson dehqonlari Rossiyaga g‘alla sotishni boshladi
Xersonda rublda savdo qiladigan dastlabki AYoQShlar ishga tushdi