Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Shoygu asirga tushgan ukrainalik harbiylar sonini ochiqladi

Rossiyaning maxsus operatsiyasi davomida taslim bo‘lgan ukrainalik harbiylar soni 6,4 mingdan oshgan.
Sputnik
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Asirga tushgan ukrainalik harbiy xizmatchilarning umumiy soni 6,4 mingdan oshdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi.
“Besh kun ichida 126 nafar Ukraina Qurolli kuchlari harbiylari taslim bo‘ldi. Ularning umumiy soni 6489 kishini tashkil etmoqda”, - dedi Shoygu selektor yig‘ilishida.
Eslatib o‘tamiz, may oxirida "Azovstalda" qurshovga olingan 2,5 mingga yaqin Ukraina jangarilari va harbiylari taslim bo‘lgan edi.
Rossiya maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan.

Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.