TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Samarqand shahrida 7-iyun kuni ikkita tadbirkorlik subyektida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) matbuot xabar qildi.
Shaharning "Farovonlik" mahallasida joylashgan "Verbarim" va "Baxt" MChJlari binosida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar soat 14:00 da kelib tushgan. 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:03 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:30 da qurshab olingan.
Ta’kidlanishicha, soat 16:20 da bartaraf etilgan. Yong‘inga viloyat Obodonlashtirish boshqarmasining texnikalari ham jalb etilgan.
Yong‘in oqibatida binoning taxminan 200 kvadrat/metr maydonda tomi va shift qismi yonib zararlangan. Hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan.
Hozir yong‘inni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.