Shifokor-parhezshunos, nutritsiolog Yevgeniy Arzamassev qaysi kasalliklarda choy iste’mol qilmaslik kerakligini aytdi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, gipertoniya (yuqori qon bosimi), podagra (moddalar almashinuvi sabab bo‘g‘imlar, masalan barmoqlar, qo‘l-oyoqlarning zirqirab og‘rishi), uyqusizlik, o‘tkir oshqozon kasalliklarida choy iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.
“Qancha ko‘p choy barglarini solsak, shunchalik ko‘p purinlar ichimlikka kiradi. Ya’ni podagra bilan og‘rigan odamlar choyni umuman yoki yaxshi damlanmaganini iste’mol qilishi kerak. Choy yuqori qon bosimida ham juda xavfli. Chunki, uning tarkibida qon bosimini keskin oshirib yuboruvchi kofein moddasi bor”, - deydi u.
Uyqusizlik va oshqozon-ichak kasalliklarida ham choy mumkin emas. Ichimlik oshqozon kasalligini kuchaytirishi mumkin.
Parhezshunosning aytishicha, agar ushbu kasalliklar bo‘lsa, choy iste’mol qilmaslikni shifokor bilan maslahatlashish zarur. Shifokor yosh, organizmning individual xususiyatlari va kasallik xarakteriga qarab ko‘rsatma beradi.