TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. 10-iyundan boshlab O‘zbekistonga keluvchi sayyohlar uchun koronavirus bilan bog‘liq barcha cheklovlar bekor qilindi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi xabar berdi.
Mamlakatda koronavirus infeksiyasi tarqalishi va kasallanish dinamikasining pasayishi natijasida xorijlik sayyohlardan PSR test, emlanganlik sertifikati yoki pasport talab etish qoidalari bekor qilindi.
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, aviaqatnovlar, chegaradosh temir yo‘l stansiyalari va avtomobil o‘tkazish chegara punktlari orqali harakatlanishda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq o‘rnatilgan vaqtinchalik cheklovlar olib tashlanadi.
Aytilishicha, bunday qarorga Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalari hamda Turizm va madaniy meros vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining takliflarini inobatga olgan holda kelindi.