TOShKENT, 7-iyun - Sputnik. Ukraina millatchilari chekinish oldidan yog‘och monastirni yoqib yuborishdi, deb xabar qilmoqda Rossiya Mudofaa vazirligi.
Rossiya qo‘shinlari tomonidan ozod qilingan Svatogorsk shahri aholisi va mahalliy monastir rohiblari guvohlik qilishiga ko‘ra, Ukraina millatchi kuchlari 5-iyul kuni shaharni tark etish vaqtida 2009-yilda yog‘ochdan qurilgan monastirni yoqib yuborishgan.
Ma’lum bo‘lishicha, 2-iyun kuni Svatogorsk shahri janubiy qismida joylashgan "Svatogorskaya lavra" tarixiy-arxitektura majmuasiga Ukraina harbiylari kelishgan. Ular baland qirg‘oqda joylashgan ushbu tarixiyo yodgorlik hududida artilleriya qurollarini joylashtirish bo‘lgan.
Maqsad – qarama-qarshi qirg‘oqda joylashgan Rossiya qo‘shinlarini o‘qqa tutish uchun qulay pozitsiyani egallash. Ikkinchidan esa – Rossiya zarba bermasligi aniq bo‘lgan tarixiy yodgorlik hududida joylashib olish bo‘lgan.
Ukraina harbiylarning bunday surbetligi mahalliy aholining keskin noroziligiga sabab bo‘lgan. Ular harbiylardan muqaddas yodgorlik hududini tark etishni talab qilishgan.
4 iyun kuni shaharning aksariyat qismida o‘z pozitsiyalaridan mahrum bo‘lgan Ukraina harbiylari chekinishga majbur bo‘lishadi va ketish oldidan 5-iyun kuni yirik kalibrli pulemotdan yondiruvchi o‘qlar bilan 2009-yilda qurilgan yog‘och monastirni yoqib yuborishadi.
Bu ham yetmagandek, mahalliy aholi va monaxlar uni o‘chirmoqchi bo‘lganda, qo‘rqitish uchun ularga qarata o‘t ochishadi.
Mudofaa vazirligi alohida ta’kidlashiga ko‘ra, Svatogorsk shahrini egallash vaqtida u yerdagi tarixiy obida – Svatogorsk lavrasiga hech qanday zarar yetkazilmagan. Bunga ushbu majmuaning bugun suratga olingan videotasviridan kuzatiz mumkin, deyilgan vazirlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Ukrainaning tarixiy yodgorliklarini yo‘q qilayotgani haqida jar solgan va Rossiyani YuNESKOdan chiqarib tashlashni talab qilgan edi.