AQSh va YeI Rossiya neftini qanday sotib olish yo‘lini o‘ylab topdi

Vashington va Brussel Rossiya neftidan voz kechgan, biroq uni sotib olishda davom etmoqda.
Sputnik
Yevropaliklar allaqachondan beri “latish qorishma”sini olyapti. Endi amerikalik kompaniyalar aylanib o‘tish yo‘llarini qidirmoqda. Treyderlar “yetkazib berishni saqlash uchun” uglevodorodlarni qayerda ishlab chiqarilganini yashirishmoqda. Davlat ishlab chiqaruvchilari esa “sanksiyalardan bir qadam oldinda”. Qanday qilib “taqiqlangan” resurslar G‘arbga yetib borapti - batafsil RIA Novosti materialida.

Ish sxemalari

AQShda aprel oyidan buyon uglevodorodlar importiga taqiq amalda. Biroq, may oyida Nyu-York va Nyu-Jersi portlariga Rossiya nefti ortilgan deya gumon qilinayotgan tankerlar yetib kelgan.
The Wall Street Journal ning yozishicha, yetkazib beruvchilar va qayta ishlab chiqaruvchilar uning qayerniki ekanligini yashirishmoqda, ammo dunyo bozoriga yetkazapti. Masalan, shunday qilib Nyu-York va Nyu-Jersi shtatlariga qisman Rossiya xomashosidan tayyorlangan yoqilg‘i vositalari yetib kelgan.
Yoqilg‘i AQShga Suvaysh kanali va Atlantika orqali Hindiston neftni qayta ishlash zavodlaridan kelgan. Yuk tashuvchi hujjatlar va Refinitiv tahliliy kompaniya ma’lumotlari hamda Xelsinki energiya va toza havo tadqiqot markazi tahliliga ko‘ra, bu kompaniyalar- Rossiya uglevodorodlarining asosiy xaridorlari hisoblanadi.
Bunday aylanma yo‘llar bilan yoqilg‘i Yevropaga ham yetib bormoqda. Masalan, aprel oyida Bloomberg Yevropa kompaniyalari qanday qilib cheklovlarni yengib o‘tishayotgani haqida xabar qilgan edi: treyderlar rus neftining tarkibi 50%dan kam bo‘lgan neftni “Latviya qorishmasi” deya sotishmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Shell buni sanksiyalarning buzilishi deb hisoblamaydi.

Hindiston ko‘p foyda ko‘rdi

Endi esa “Hindiston-Rossiya” nefti ham paydo bo‘ldi. Aprel oyida Osiyo ilk marotaba Yevropani Rossiyadan uglevodorodlar sotib olish bo‘yicha ortda qoldirdi. Ayniqsa, Hindiston juda ko‘p oldi: fevral oyida qariyb 62,5 million barrel, ya’ni o‘tgan yilning aynan shu vaqtidan uch barobarga ko‘p.
Shunga qaramay, bahor boshlangandan buyon Hindistondan Yevropaga neft mahsulotlarini yetkazib berish 30 % ga oshgan, AQShga esa – 43%
Hindiston Rossiya nefti importini ikki baravarga oshirmoqchi – OAV
Shunday qilib, Rossiyadan dikontli xomashyo olib (hozir bu taxminan 20 foizni tashkil etadi, bir barrel Urals 89-92 dollardan sotiladi) Hindiston qayta sotishdan yomon foyda qilmayapti.
“Hindiston resurslarining asosiy xaridorlari –neftni qayta ishlab chiqaruvchi xususiy korxonalar (davlat ishlab chiqaruvchilar asosan yillik shartnomalarga ko‘ra sotib olishadi). NDTV telekanalining ta’kidlashicha, g‘arblik kompaniyalar Rossiya neftlaridan voz kechotgan bir paytda hindistonlik neftni qayta ishlab chiqaruvchilar, masalan Reliance Industries va Nayara Energy- bu yili eng yirik importerlarga aylanishgan”.
Qayta ishlab chiqaruvchilar ichki savdo–sotiqning qisqarishi va yoqilg‘i eksportining, jumladan, Yevropada agressiv tarzda o‘sish ularga katta foyda keltirayotganini yashirishmagan. “Bir barrel uchun 30 dollardan ortiq rentabellikka erishapmiz”,- deya zavod vakilining so‘zlarini keltiradi telekanal.

Ravo ko‘rishimiz mumkin

Aslida osiyoliklar vaziyatdan foydalanib qolishdi: arzon narxlarda neft sotib olib zaxira yig‘ishdi va foydali tarzda qayta sotishdi. Biroq Rossiya bu yerda ham hech nimani yo‘qotayotgani yo‘q. Neftni sotish kerak, bo‘lmasa, qazib olishni kamaytirishga to‘g‘ri keladi. Quduqlarni qayta ishga tushirish bilan muzlatish esa juda ko‘p xarajatlarga olib keladi.
Bundan tashqari, rekord kotirovkalar fonida energiya eksportidan tushumlar bir yarim barobar o‘sdi. Aprel oyida neft va gaz 1,8 trillion rubl (mart oyida 1,2). Shunday qilib yanvar-aprel oylarida federal budjetga 2022-yil uchun rejalashtirilgan 9,5 trillion rublning yarmi allaqachon tushdi.
“Narxlar hozir shu qadar balandki, biz undan chegirmalar berishimiz va “aylanma usullardan” ham foydalanishimiz mumkin. Bundan tashqari, narx faqat o‘sadi. Bularning birinchi sababi tankerlarning yetishmasligida. Endi G‘arb qayerdan neft sotib oladi? Faqat Lotin Amerikasi, Afrika va Yaqin Sharq qoldi. Ammo u yerlardan neftni dengiz bo‘ylab tankerlarda yetkaziladi. Hozir kema ijarasi stavkalari 50%ga oshib, so‘nggi o‘n yil ichida rekord darajaga yetdi”,- deydi sanoat sohasi bo‘yicha mustaqil ekspert Leonid Xazanov.

“Rossiya izi”

Biroq, ba’zi kuzatuvchilar Hindiston ta’minotining xatarda ekanligiga ham e’tibor berishmoqda. Deli juda ko‘plab neft mahsulotlarini, jumladan benzin ham eksport qiladi. Biroq Hindistonning The Economic Times nashrining ta’kidlashicha, Avstraliya, AQSh va Yevropa Rossiyadan yoqilg‘i sotib olishga taqiqlar qo‘yar ekan, boshqa mamlakatlarning rus neftidan tayyorlangan neft mahsulotlari ham sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin.
OAV: Putin YeIning eng nozik joyini topdi
Hech bo‘lmaganda g‘arb mamlakatlari hindistonlik eskporterlardan xomashoning kelib chiqishi haqida batafsil ma’lumot talab qilishi mumkin. Biroq, ekspertlar “Rossiyaning izini topish” nihoyatda qiyin deyishmoqda.
“Hujjatlarni ham shunday tayyorlash mumkinki, undan hech nimani aniqlashtirish mumkin bo‘lmaydi. Eng oddiy yo‘l: Rossiya ESPO sini tankerlarga quyamiz, shundoq ham Yaqin Sharq nefti bo‘lgan Hindiston kemalariga olib boramiz. 70% Saudiya Arabistoni neftidan, Rossiya neftidan-30%. Va mana shu aralashmani Hindistonga jo‘natamiz. Qo‘lingizdan kelsa, tekshirib ko‘ring”, - deydi Xazanov.
Yana boshqa bir masala: Yevropa bir kechadayoq boshqa mintaqa uglevodorodlariga o‘ta olmayapti- bu uchun neftni qayta ishlash zavodini qayta qurish zarur. Bunga esa ikki yildan to‘rt yilgacha vaqt ketadi. Bu vaqt mobaynida esa shunaqangi jiddiy energiya tanqisligi yuzaga kelishi mumkinki, YeI iqtisodiyoti bundan butunlay vayron bo‘ladi. Shuning uchun ham yevropaliklar bu aralashmalarning nima ekanligi va qayerdan kelganiga ko‘z yumishi kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, Rossiyadan neft mahsulotlarini yetkazishni ko‘paytirish ehtimoli bor.

Ko‘prog‘ini xohlab qolishdi

Hozirgi vaqtda esa YeI Rossiya neftiga taqiqni e’lon qilishda davom etmoqda va yil oxirigacha importning deyarli 90%dan voz kechishni kutishmoqda. Buning fonida esa AQSh prezidenti Jo Bayden kutilmagan bayonot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb Rossiya xomashosini bozor narxidan past summada sotib olishni muhokama qilmoqda.
“Sizda Yevropa Rossiya neftini xarid qilishni yanada cheklash to‘g‘risida qaror qabul qilayotgan vaqtda muammo paydo bo‘ldi. Nima qilish mumkinligi haqida fikr yuritilyapti, hatto neft sotib olish ham mumkin, lekin arzonlashtirilgan narxda”, - deydi u.
Kremlda bunga allaqachon javob berishdi: bunga ishonib bo‘lmaydi. “Gap shundaki, u yerda logistika muammolari hamon davom etmoqda. Bu esa dunyo energetika bozorining beqarorlashishisha sabab bo‘ladi. Biroq, albatta Rossiya o‘z zarariga hech narsa sotmaydi. Agar qayerdadir talab kamaysa, yana qayerdadir u ortadi. Oqimlarning yo‘nalishi o‘zgarib borapti”, - deydi prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Yevropaning yana qayerdandir neft topishiga Shveysariyaning iqtisod vaziri Gi Parmalen shubha bildirgan. Uning Blick nashriga bergan intervyusida tan olishicha, Rossiyaga qarshi sanksiyalar Ukrainadagi maxsus operatsiyani tez to‘xtatish maqsadida qo‘llanilgan, biroq, natijalardan hamon darak yo‘q. Shu bilan birga siyosatchi yangi cheklovlar sabab yana bir energiya ta’minotida narxlar oshishini prognoz qilgan. Uning aytishicha, albatta Yevropa ta’minotlarning boshqa manbalarini qidirapti, ammo ayni paytda hech kimning bunga tayyor yechimi yo‘q.
Yevropa sanksiyalar bilan o‘z oyog‘iga o‘zi bolta urishda davom etmoqda