Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina harbiylari texnikani tashlab Svatogorskdan qochib ketishdi

Rossiya Mudofaa vazirligi: ukrainalik millatchilar otradi Severskiy Donesk darosi ustidagi ko‘prikni portlatib yubordi
Sputnik
TOShKENT, 6-iyun - Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Igor Konashenkovning ma’lum qilishicha, to‘siq bo‘linmalari vazifasini bajaruvchi ukrainalik millatchi tuzilmalar Ukraina qurolli kuchlarining Svatogorskdan chekinishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Severskiy Donesk darosi ustidagi ko‘prikni portlatib yuborgan.
“Rossiya bo‘linmalarining hujumi ostida Ukraina Qurolli Kuchlarining 95-havo-desant-zarba brigadasi va 81-alohida aeromobil brigadasi batalonlarining qoldiqlari qurol-yarog‘ bilan birga harbiy texnikani tashlab, qirg‘oq bo‘ylab tarqalib ketdi”, dedi general.
Unga ko‘ra, sakson nafargacha ukrainalik harbiylar darodan suzib o‘tgan, Rossiya va DXR harbiylari ularga ataylab o‘t ochmagan.
“Biz ukrainalik harbiy xizmatchilarning millatchilar boshchiligidagi Kiyev rejimini himoya qilishdan bosh tortishini qo‘rqoqlik emas, yagona to‘g‘ri qaror deb bilamiz”, - deb ta’kidladi Konashenkov.
Shuningdek, u Ukrainaning barcha harbiylari va hududiy mudofaa bo‘linmalari a’zolarini ushbu o‘rnak olishga va “jonlarini saqlab qolish uchun o‘ylamay qarshilik ko‘rsatishni” to‘xtatishga chaqirdi. Rossiya Qurolli kuchlari, o‘z navbatida, ixtiyoriy ravishda qurolini tashlaganlarning barchasiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish va oilalari bag‘riga qaytishni kafolatlaydi, deya qo‘shimcha qildi Mudofaa vazirligi vakili.
Konashenkov aytishiga ko‘ra, rus armiyasi Svatogorsk va uning atrofidagi hududlarni ozod qilishning yakuniy bosqichiga o‘tgan.
Svatogorsk (2003 yilgacha Slavanogorsk) Donetsk Xalq Respublikasining shimoliy qismida, Rossiya harbiylari nazorati ostidagi Xarkov viloyati Izum shahri janubi-sharqiy yo‘nalishida 40 kilometr masofada joylashgan.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Vladimir Putin ushbu operatsiya maqsadi "DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan tahqirlanish va genotsiddan qutqarish va himoya qilish" deb atagan. Operatsiya maqsadi - “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish.