TOShKENT, 6-iyun - Sputnik. Toshkentdagi 10-maktabda Aleksandr Sergeyevich Pushkin nomidagi muzey bor. Bu muzey Markaziy Osiyodagi yagona maktab muzeyi ekanligi bilan ajralib turadi.
U buyuk rus shoiri tavalludining 200-yilligi munosabati bilan yaratilgan. Muzeyning yaratilishiga sobiq maktab o‘qituvchilari Svetlana Elchebekova va Boris Panin asos solgan.
Bu yerda kitoblar, portretlar, o‘sha davrdagi uy-ro‘zg‘or buyumlari va boshqa ko‘p narsalarni ko‘rishingiz mumkin. Bu hajmdagi materiallarni yig‘ishda o‘quvchilar, ularning ota-onalari va maktab ma’muriyati yordam berdi.
Har bir muzey stendida Pushkin hayotining ma’lum bir bosqichi: shoirning tug‘ilishi, o‘qishi, surgun qilinishi, ijodi va vafoti haqida hikoya qilinadi.
Barcha maktablarning bolalari bu erga ekskursiyalarga kelishadi, muzeyda qiziqarli musobaqalar o‘tkaziladi. Muzey qanday ko‘rinishga ega va unda yana nimani ko‘rishingiz mumkin - bizning videomizga qarang.
Ma’lumot uchun, buyuk rus shoiri Aleksandr Sergeyevich Pushkin 1799-yilning 6-iyun kuni tug‘ilgan. A.S. Pushkin - rus yozuvchisi, yangi rus adabiyotining asoschisi hisoblanadi.
1998 yilda, A.S. Pushkin tavalludining 200-yilligi arafasida, Rossiya prezidentining farmoni bilan 6-iyun - Pushkin kuni, bayrami deb beligilangan. Undan oldin, sovet davrida ushbu kun "she’riyat kuni" sifatida bayram qilingan.