TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya aviatsiya organlari Moskva-Toshkent yo‘nalishidagi aviaqatnovlar sonini ko‘paytirishga kelishib olishdi. Bu haqda Rosaviatsiya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi aviatsiya aloqasini rivojlantirish maqsadida Moskva-Toshkent yo‘nalishidagi aviaqatnovlar soni haftasiga 25 tadan 39 tagacha ko‘paytiriladi.
Rossiya tomonidan parvozlarni "Aeroflot", "Sibir" va "YuTeyr, O‘zbekiston tomonidan esa "Uzbekistan Airways" va "Qanot Sharq" aviakompaniyalari amalga oshirishadi.
“Ikki mamlakat poytaxtlari o‘rtasida muntazam parvozlarning ko‘payishi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida yo‘lovchilarni tashish talabini qondirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi”, - deyilgan xabarda.