Bu qiziq

Shifokor soch to‘kilishiga sabab bo‘ladigan dorilarni aytdi

Shuningdek, asabiylashish va surunkali kasalliklar ham soch to‘kilishiga sabab bo‘ladi.
Sputnik
Shifokor Aleksandr Masnikov “Rossiya 1 ” telekanali efirlaridan birida soch to‘kilishiga sabab bo‘luvchi dori-darmon vositalarini ma’lum qildi.
Uning aytishicha, taxminan 20% soch to‘kilishi tepakallikning belgisi bo‘lishi mumkin. Yuqori qon bosimi, tomir tortishi va oshqozon kasalliklariga qarshi vositalar va antibiotiklar soch to‘kilishiga olib keladi.
“Qanday dorilarni qabul qilayotganingizni qattiq nazorat qilishingiz kerak. Soch to‘kilishiga qarshi vitaminlarda aslida sizga kerak bo‘lmagan moddalar bo‘lishi mumkin”, - deydi Masnikov.
Shifokorning aytishicha, temir, oqsil moddalarining yetishmasligi, kamqonlik sabab asosan ayollarda soch ko‘p to‘kiladi. Shuningdek infeksiyali, surunkali, oshqozon osti bezi kasalliklari va asabiylashishda ham sochlar muntazam to‘kilishi mumkin.