TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Samarqand viloyatining Narpay tumanidagi oziq-ovqat do‘konlarida 5-iyun kuni yong‘in sodir bo‘ldi.
Viloyat FVBning aniqlik kiritishicha, tumanning “Sari bozor” MFYda joylashgan oziq-ovqat do‘konlarida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risidagi xabar soat 20:21 da kelib tushgan.
Voqea joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb etilgan. Yong‘inga soat 20:35 da yetib borgan va soat 22:10 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida 3 ta oziq-ovqat do‘konlarining taxminan 70 kvadrat metr maydonda shift, tom qismi va oziq-ovqat mahsulotlari yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘qligi aytilmoqda.
Tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.