Maymun chechagi virusi poksviruslar oilasiga tegishli. Odam qon, biologik suyuqlik, zararlangan teri yoki yuqtirgan hayvonlarning shilliq pardalari bilan, shuningdek uzoq muddatli muloqotda havo tomchilari orqali yuqishi mumkin. Asosiy alomatlar: kuchli bosh og‘rig‘i, yuqori isitma, mushaklarda og‘riq, limfa tugunlari shishishi, terida toshma (ko‘pincha yuz, kaft va oyoqlarda paydo bo‘ladi).
Maymun chechagi kasalligida maxsus davolash usullari ishlab chiqilmagan. Davolash simptomatik olib boriladi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda dunyoning bir qator davlatlari, jumladan, AQSh, Kanada, Avstraliya, Ispaniya, Portugaliya, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlarda maymun chechagi kasalligiga chalinish holatlari davom etmoqda. 31-may kuni dunyoning 30 danortiq davlatida jami 550 nafarfuqaroda maymun chechagi kasalligi ro‘yxatga olingan.