Avstriya va Germaniyada Rossiya gazi embargosi oqibatlaridan ogohlantirishdi

Germaniya va Avstriyada Rossiya gazi yetkazib berilishini zudlik bilan taqiqlashga qarshi chiqishmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Germaniya ish beruvchilar uyushmasi va Avstriya sanoat federatsiyasi Rossiya gazi yetkazib berilishini zudlik bilan taqiqlashga qarshi chiqishdi. Bu haqda bu ikkita tashkilotning qo‘shma bayonotida ma’lum qilingan.
Ular Rossiya gaziga zudlik bilan taqiq joriy etish Germaniya va Avstriyadagi kompaniyalar va ish joylari uchun uzoq muddatli xususiyatga ega bo‘lgan salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishidan ogohlantirishgan.
Ta’kidlanishicha, Rossiya gazi importi taqiqlanishi ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlar yoki hatto kompaniyalar faoliyati to‘xtab qolishiga olib kelishi mumkin.
Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Yevropa Ittifoqining Rossiya neftiga qisman taqiq joriy etishi butun dunyo energetika bozoriga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ma’lum qilgan edi.
YeI 3-iyun kuni Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi to‘plamini tasdiqladi. U, jumladan, Rossiya nefti va neft mahsulotlari importiga qisman taqiq qo‘yishni o‘z ichiga oladi.
Shu bilan birga, Yevroittifoq yaqin vaqt ichida Rossiya gaziga taqiq joriy etish rejalashtirilmaganini bildirgan.
Sanksiyalar Yevropaga zarar, Rossiyaga foyda keltirmoqda - OAV