TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida 4 yoshli qizni Nexia-3 urib ketishidan vafot etdi. Bu haqda viloyat IIV axborot xizmati xabar berdi.
Yo‘l-transport hodisasi 31-may kuni sodir bo‘lgan. 15 yoshli qiz 4 yoshli singlisi bilan Kumushkent mahallasidagi piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan bo‘lgan. Nexia-3 piyodalarga yo‘l bermasdan harakatni davom ettirgan. Opasi singlisining qo‘lidan ushlab qolishga ulgurmagan. Qizcha yugurganicha o‘tib ketaman deb o‘ylagan, biroq katta tezlikda kelayotgan mashina qizchani urib ketgan.
Qoidabuzar haydovchi jabrlanuvchi va uning opasini shifoxonaga olib borgan, keyin esa o‘zi ketib qolgan. Qizcha og‘ir tan jarohatlari sabab shifoxonada vafot etgan.
Tezkor qidiruv harakatlari natijasida haydovchining kimligi aniqlangan va u qo‘lga olingan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.