Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya harbiylari ozod qilingan Qizil Limanga insonparvarlik yordami yetkazib berishdi

Shahar aholisiga go‘sht va baliq konservalari, makaron, yog‘ va shirinliklar tarqatildi.
Sputnik
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari harbiylari Donesk xalq respublikasida (DXR) ozod qilingan Qizil Liman (Krasniy Liman) aholisiga bir necha tonna oziq-ovqat insonparvarlik yordami yetkazib berishdi.
Shahar aholisiga yorma, go‘sht va baliq konservalari, makaron, yog‘ va shirinliklar tarqatildi.
Mahalliy aholi so‘zlariga ko‘ra, ortga chekinayotgan Ukraina harbiylari ataylab uy-joylarni o‘qqa tutishgan. Shaharda Ukraina artilleriyasi zarbasidan keyin elektr energiyasi, suv ta’minotida uzilishlar yuzaga kelgan. Do‘konlar yopilgan.
Rossiya harbiylari keltirgan insonparvarlik yordami shahar aholisi uchun ayni muddao bo‘lgan. Aholi ularga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishgan.