TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Piyoz juda ko‘p foydali xususiyatlarga ega, ammo ayrim kasalliklarga chalingan bemorlar uchun uni yeyish xavfli, dedi RIA Novostiga shifokor va nutritsiolog Mariya Tixomirova.
Bu sabzavot antibakterial va virusga qarshi xususiyatlarga ega, tarkibida dezintoksikatsiyada yordam beradigan oltingugurt mavjud. Piyozda, shuningdek, boshqa foydali minerallar va vitamin C bor.
Bundan tashqari, u ovqat hazm qilish va suyuqlikni tanadan chiqarishga yordam beradi.
"Sabzavot tarkibidagi antioksidant kversetin saraton va allergiya uchun foydali. Piyoz sperma sifatini ham yaxshilaydi", - deydi Tixomirova.
Biroq, oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi bo‘lgan odamlar piyozni ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilishlari kerak.