Toshkentda islom va pravoslav din ulamolari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi - foto

Toshkentda islom va pravoslav din ulamolari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Toshkentda islom va pravoslav din ulamolari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Toshkent va O‘zbekiston yeparxiyasining ma’naviyat markazida dinlarining zamonaviy jamiyat hayotini uyg‘unlashtirishdagi o‘rni muhokama qilindi. Unda Rossiya va O‘zbekiston din arboblari, ilmiy jamoatchilik vakillari, ekspertlar ishtirok etdi.
MDH davlatlarida dinlararo muloqotni takomillashtirish, Rossiya va O‘zbekistonda davlat va diniy birlashmalar o‘rtasidagi muloqot, zamonaviy dunyoda vijdon erkinligi va diniy murosasizlik xususida so‘z yuritildi.
Diniy fobiya, diniy ekstremizm va terrorchilikning oldini olish, bag‘rikenglik mavzulariga to‘xtalib o‘tildi.
Tadbirda Toshkent va O‘zbekiston mitropoliti Vikentiy, Rossiya musulmonlari diniy assambleyasi raisi, muftiy Albir Krganov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim hazrat Inomov ishtirok etdi.