O‘zbekistondan Rossiyaga yo‘lovchi poyezd qatnovlari qayta tiklanmoqda

Rossiya temir yo‘l orqali kelayotgan O‘zbekiston fuqarolarining kirishiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qiladi.
Sputnik
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Rossiya 14-iyundan boshlab temir yo‘l orqali kelayotgan O‘zbekiston fuqarolarining kirishiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qiladi.
“Toshkent-Samara va Toshkent-Volgograd yo‘nalishlarida temir yo‘l qatnovini 14-iyundan boshlab har bir yo‘nalish bo‘yicha haftada bir martalik chastotada qayta tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, — deyilgan koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab xabarida.