Tojikistonning yana bir shahriga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Bugungi kunda Toshkent avtovokzalidan Tojikistonning Xo‘jand shahriga ham avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.
Sputnik
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Tez kunlarda Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahridan Tojikistonning Istaravshan shahriga mikroavtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda viloyat transport boshqarmasi ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, Gulistonda ro‘yxatdan o‘tgan “Timur Avto Trans Servis” MChJ va Tojikistonning “Dovud” MChJlar o‘rtasida shartnoma imzolandi.
Unga ko‘ra, “Yangiyer” avtostansiyasidan Istaravshan markaziga harakatlanadigan avtobuslar jadvali tasdiqlandi.
Yo‘l kira narxlari bir yo‘lovchiga:
O‘zbekistondan jo‘nab ketish- 27000 so‘m
Tojikistondan jo‘nab ketish -27 somon
Ma’lumot uchun, bugungi kunda Toshkent avtovokzalidan Tojikistonning Xo‘jand shahriga ham avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.