Tovuq go‘shtini qanday to‘g‘ri tanlash kerak?

Tovuq go‘shti o‘z xususiyatlarida juda farq qilishi mumkin, ko‘p anrsa parradaning yoshi va go‘shtining qaysi qismini pishirishga bog‘liq.
Sputnik
Tovuq go‘shti o‘z xususiyatlarida juda farq qilishi mumkin, ko‘p anrsa parradaning yoshi va go‘shtining qaysi qismini pishirishga bog‘liq. Parhezshunos Yelena Chediya mahsulotni to‘g‘ri tanlash bo‘yicha Sputnik radiosiga bergan intervyusida tavsiyalar berib o‘tdi.
Tovuq go‘shti qizil va oq bo‘lishi mumkin. Ularning qay birini tanlash kerak? Organizmga qaysi biri ko‘proq ma’qul keladi? Bu haqida Sputnik radiosiga tibbiyot fanlari nomzodi, vrach-diyetolog, Rossiya uzluksiz kasbiy ta’lim tibbiyot akademiyasi (RMANPO) diyetologiya va nutritsiologiya kafedrasi dotsenti Yelena Chediya o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.
“Tovuq ko‘kragi -oq, qolgan barcha qismlari qizil bo‘ladi. Qizil go‘sht tarkibida ko‘p miqdorda temir, rux, B vitaminlari bo‘lib, organizmdagi metabolik jarayonlarni normallashtiradi. Oq go‘sht osonroq va tezroq hazm bo‘ladi, chunki unda qizil go‘shtda qaraganda yog‘ va xolesterin juda kam, shuning uchun parhezli ovqatlanishda ko‘proq ishlatiladi. Semizlik, yurak-qon tomir kasalliklari va oshqozon-ichak trakti kasalliklarida oq go‘sht ko‘proq iste’mol qilinadi”, - deydi mutaxassis.
Tovuq go‘shtini tanlashda katta tovuqni kichigidan, broyler tovuqdan farqlashni bilish lozim. Yosh tovuq go‘shti kimgadir mos keladi, lekin uni iste’mol qilish ba’zi insonlarga tavsiya etilmaydi, deydi Yelena Chediya.
“Yosh tovuq, broylerlar go‘shti tarkibida purinlar (metabolik mahsuloti siydik kislotasi bo‘lgan organik azotli moddalar,-tahr.) ko‘p. Purin almashinuvi buzilganda, birinchi navbatda qonda siydik kislotasi darajasi ko‘tariladi. Ehtiyot bo‘lish kerakki, bu bo‘g‘imlarda podagra, jigarda siydik kislotali toshlar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Biroq, tovuq go‘shtida xolesterin kam. Xolesterin miqdori yuqori bo‘lsa, yosh tovuq go‘shti tavsiya qilinadi. Agar xolesterin yuqori bo‘lib, biroq siydik kislotasi ko‘p bo‘lsa, yoshi katta parranda go‘shti tavsiya qilinadi” – deydi parhezshunos.
Tovuq tayyorlashning eng yaxshi usuli qaynatish yoki duxovkada pishirishdir. Bundan tashqari, qaynatib pishirishda parhezshunos ikkilamchi bulon texnologiyasidan foydalanishni maslahat beradi.
"Agar go‘shtning sifatiga ishonchingiz komil bo‘lmasa - u qanday yetishtirilgani, qayerda va qanday saqlanganini bilmasangiz yoki oshqozon-ichak trakti bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘lsa, ikkinchi darajali bulon texnologiyasi bilan tayyorlash yaxshi. Ya’ni go‘shtni sovuq suvga solasiz, o‘n daqiqa qaynatib olasiz, keyin bu suvni to‘kib, go‘shtni yuvib olasiz. Keyinchalik esa boshqa suvda qaynatib olaverasiz”, - deydi Yelena Chediya.
Siz uchun qiziqarli materiallar:
Qanday mahsulotlarda shakar “yashiringanini” bilasizmi>>
Qaysi mahsulotlar umrni uzaytiradi?>>
Qanday mayonez foydali>>