TOShKENT, 2-iyun - Sputnik. Bugun, 2-iyun kuni Toshkent vaqti bilan 23:34 atrofida Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi Surxondaryo viloyatida ham sezildi.
FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, zilzila Toshkentdan 344 km janubiy-g‘arbda sodir bo‘lgan.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
Uzun tumanida 3 ball, 40 km;
Denov tumanida 2 ball, 72 km;
Sho‘rchi tumanida 2 ball, 73 km.
Zilzila koordinatalari: 38,2 gradus shimoliy kenglik; 68,63 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,5. Chuqurlik 20 km.