Kurashchi Abror Ataboyev Qozog‘istonda musobaqa g‘olibi bo‘ldi

Murosasiz bahslar yakunida o‘zbek sportchilari 1 ta oltin va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
Sputnik
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. O‘zbeksitonlik kurashchilar reyting musobaqasini beshta medal bilan boshlashdi. Bu haqda Olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Qozog‘istonning Olma-Ota shahrida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha reyting turniri start oldi. Ortda qolgan birinchi kun doirasida “klassik” kurash ustalari gilamga chiqishdi.
Unda Ravshan Ro‘ziqulov shogirdlari murosasiz bahslar yakunida 1 ta oltin va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritdilar.
-67 kg vazn toifasidagi polvon Abror Ataboyev saralashda Qozog‘iston va Eron vakillarini dog‘da qoldirib, finalda gruziyalik Joni Xetsurianidan ham ustun keldi.
Shuningdek, Jasurbek Ortiqboyev, Muhammadqodir Yusupov, Jalgasbay Berdimuratov va Rustam Assakalov o‘z vazn toifasida shohsupaga ko‘tarilishdi.
Oltin medal:
-67 kg: Abror Ataboyev
Bronza medali:
-55 kg: Jasurbek Ortiqboyev
-60 kg: Muhammadqodir Yusupov
-87 kg: Jalgasbay Berdimuratov
-97 kg: Rustam Assakalov