O‘zbekiston U-23 jamoasi Osiyo kubogini g‘alaba bilan boshladi

Birinchi o‘yinda O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Turkmaniston ustidan g‘alaba qozondi.
Sputnik
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Mamlakatda start olgan futbol bo‘yicha U23 Osiyo kubogida O‘zbekiston terma jamoasi birinchi uchrashuvni muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida Turkmaniston U23 jamoasiga qarshi o‘tkazilgan bahsda o‘zbekistonlik yosh futbolchilar 1:0 hisobida raqiblaridan ustun kelishdi.
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Turkmaniston ustidan g‘alaba qozondi
Uchrashuvning 75-daqiqasida Ulug‘bek Hoshimov mualliflik qilgan gol O‘zbekiston terma jamoasiga g‘alaba keltirdi. Uning penaltidan yo‘llagan zarbasi aniq bo‘ldi.
Sbornaya Uzbekistana po futbolu na matche s Turkmenistanom.
Shu tariqa O‘zbekiston U-23 Osiyo Kubogini muvaffaqiyat bilan boshladi. Endi Timur Kapadze shogirdlari ikkinchi o‘yinni 4-iyun kuni Qatarga qarshi o‘tkazadi. 7-iyun kuni esa Eron U23 jamoalariga qarshi bahs olib boriladi.
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Turkmaniston ustidan g‘alaba qozondi
“Qatar va Eronning o‘yinlarini o‘rganib chiqdik. Bu musobaqada kuchsiz jamoaning o‘zi bo‘lmaydi. Jamoaga boshqa klubdan yangi qo‘shilgan yigitlar bilan oldinga qo‘yilgan vazifani uddalaymiz”, - deydi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze o‘yindan keyin tashkil etish matbuot anjumanida.
O‘zbekiston 1−19 iyun kunlari futbol bo‘yicha U23 Osiyo kubogiga mezbonlik qilmoqda. Musobaqalar Toshkent va Qarshi shahridagi stadionlarida bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston milliy jamoasi Eron, Qatar va Turkmaniston bilan A guruhidan o‘rin olgan.