IT-Park University raqamli universiteti tashkil qilindi

Universitetda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlanadi. Ta’lim masofaviy ta’lim shaklida bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda IT-Park University raqamli universiteti tashkil qilindi. 1-iyun kuni Hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.
Universitetda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, axborot tizimi va kompyuter tarmoqlarini boshqarish sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlanadi.
Ta’lim faoliyati 2022/2023 o‘quv yilidan boshlanadi va talabalarni o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Ta’lim jarayoni kredit-modul tizimi asosida tashkil etiladi. Universitetda o‘qitish masofaviy ta’lim shaklida olib boriladi. Qonunchilikka muvofiq, boshqa ta’lim shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Bitiruvchilarga O‘zbekistonda oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan diplom beriladi.
Yangi ta’lim dargohi mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi.