Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

"Uragan" raketa tizimlari Ukraina yashiringan texnikasini yo‘q qildi - video

Reaktiv o‘t ochish tizimi "Orlan-10" uchuvchisiz apparatlari yordamida Ukraina bronetexnikasi va mustahkamlangan tayanch punktlarini yo‘q qildi.
Sputnik
TOShKENT, 1-iyun - Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlarining "Uragan" yoppasiga o‘t ochish reaktiv tizimi, "Orlan" uchuvchisiz apparati yordamida Ukraina armiyasining yashiringan texnikasini yo‘q qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Mudofaa vazirligi e’lon qilgan videolavhada, "Orlan" uchuvchisiz apparatining uchirilishi, "Uragan" tizimlarining o‘t ochishga tayyorlanishi, o‘t ochishi va raketalarning Ukraina qo‘shinlari pozitsiyasiga zarba berishi aks etgan.
Vazirlik xabariga ko‘ra, 220-millimetrli reaktiv yoppasiga o‘t ochish tizimi, "Orlan-10" uchuvchisiz apparatidan olgan nishonning koordinatalariga asoslanib Ukraina bronetexnikasi va mustahkamlangan tayanch punktlariga zarba bergan.
Zarba natidjasida dushmanning zirhli texnikasi, istehkomlari va tirik joni yo‘q qilingan. Vazifa bajarilganidan so‘ng, o‘t ochish bo‘linmasi o‘z joyini o‘zgartirgan.