TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Yevropa Ittifoqining Rossiya neftiga qisman taqiq joriy etishi butun dunyo energetika bozoriga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Bu sanksiyalar, albatta, butun qit’a uchun, yevropaliklar uchun ham, biz uchun ham, butun dunyo energetika bozori uchun ham salbiy ta’sir qiladi”, - dedi Kreml vakili.
Peskov Rossiya uchun Yevropa yo‘nalishi yetkazib berish nuqtayi nazaridan, jumladan, sotish hajmi bo‘yicha muhim ekanini ta’kidladi. Ammo hozir, uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva yangi cheklov oqibatlarini kamaytirish uchun choralar ko‘rmoqda.
Shu bilan birga u Yevropaning o‘zi o‘z qarorlarining salbiy oqibatlaridan “ozod emasligini” yana bir bor takrorladi.
“Ular (yevropaliklar – tahr.) bularning barini boshdan kechirishlari kerak bo‘ladi”, - deya ogohlantirdi Peskov.
YeI mamlakatlari va hukumatlari rahbarlari kuni kecha Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi to‘plamini kelishib olishdi. U, jumladan, Rossiya nefti importiga qisman taqiq qo‘yishni o‘z ichiga oladi.