Rossiya va Xitoy G‘arb sanksiyalariga qarshi birga kurashmoqda – Oshepkov

Bosh konsul Oshepkov: Rossiya va Xitoy kompaniyalari sanksiyalari tufayli yuzaga kelgan xarajatlarni o‘z zimmasiga oladi.
Sputnik
TOShKENT, 1-iyun - Sputnik.Rossiya va Xitoy kompaniyalari G‘arb sanksiyalari tufayli yuzaga kelgan xarajatlarni qoplashga imkon topmoqda. Bu haqida Rossiyaning Xarbindagi bosh konsuli Vladimir Oshepkov “RIA Novosti”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Bir tomondan, Xitoy va Rossiyadagi tadbirkorlar, birinchi navbatda, moliyaviy hisob-kitoblar hamda logistika sohasida odatiy ish uslublaridan voz kechishga majbur. Biroq, bu xarajatlar ikki tomonlama hamkorlik uchun yengib bo‘lmaydigan to‘siqqa aylanmadi”, - deya ta’kidladi diplomat.

Undan tashqari, Xitoyda ko‘pchilik G‘arb kompaniyalarining Rossiya bozoridan chiqib ketishini mamlakat biznesi rivojlanishi uchun yaxshi imkoniyat deb hisoblaydi, dedi diplomat.
Avvalroq, Xitoyning CGTN telekanali hozir Rossiyaga qarshi rekord darajada sanksiyalar kiritilgani, lekin hukumat tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar mamlakatning sanksiyalar bosimiga dosh bera olishini namoyish qilganini qayd etgandi.
Unga ko‘ra, hech bir davlat yoki davlatlar guruhi Rossiya nefti va gazining o‘rnini to‘ldira olmaydi. Bug‘doy va o‘g‘it yetishmovchiligi esa - butun dunyoda oziq-ovqat taqchilligiga olib kelishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘arb kiritayotgan sanksiyalar nafaqat Rossiya, balki butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berishi, endi dunyoda oziq-ovqat bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lishi haqida ogohlantirgan edi.

“Biz qiyinchiliklarni o‘tgan yillarda qanday yenggan bo‘lsak, endi ham shunday ularni yengib o‘tamiz. Biz bu davrni boshdan kechirishimiz kerak. Iqtisodiyot, albatta, yangi vaziyatga moslashadi”, degandi Rossiya yetakchisi.

Shuningdek, mamlakat bosh vaziri Dmitriy Medvedev Rossiya G‘arbning qo‘shimcha cheklovlari, jumladan, ba’zi amerikalik siyosatchilar e’lon qilgan yangi “jahannam” sanksiyalaridan qo‘rqmasligini bildirgan.
G‘arb sanksiyalari

Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya
qilish bo‘yicha maxsus operatsiyani e’lon qilganidan so‘ng AQSh boshchiligidagi G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini keskin kuchaytirdi. Cheklov choralar birinchi navbatda bank sektori va yuqori texnologiyali mahsulotlar yetkazib berishga qaratilgan. Ko‘plab brendlar Rossiyadan chiqib ketishdi. Rossiyaning xorijdagi aktivlari muzlatildi.

Kreml ushbu bu choralarni misli ko‘rilmagan iqtisodiy urush deb atadi, lekin voqealarning bunday rivojlanishiga tayyor ekanini bildirdi.

Rossiya banki valyuta bozorini barqarorlashtirdi, do‘st bo‘lmagan mamlakatlarga gazni rublda sotish e’lon qilindi.