TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Rossiya Shimoliy Koreyaga COVID-19 ga qarshi o‘z vaksinalari va testlarini yetkazib berishni taklif qildi.
“Garchi Koreya hukumati koronavirus epidemiyasini bartaraf etishda ko‘mak so‘rab, Rossiyaga tomoniga murojaat qilmagan bo‘lsada, biz o‘z tashabbusimiz bilan hamkasblarimizga yuu yerga vaksina, dori-darmon va test tizimlari hamda mutaxassislarni jo‘natishni taklif qildik”, - degan Rossiyaning Shimoliy Koreyadagi elchixonasi vakili RIA Novosti bilan suhbatda.
Ta’kidlanishicha, KXDR hkumati bu taklifga hozircha munosabat bildirmagan.
Shimoliy Koreyada pandemiya boshidan beri ilk bor COVID-19 bilan kasallanish holati 12-may kuni tasdiqlangani ma’lum qilingan edi. Mamlakat yetakchisi Kim Chen In Siyosiy buro yig‘ilishini o‘tkazib, virus tarqalishining oldini olish uchun barcha choralarni ko‘rishga va chegara nazoratini kuchaytirishga chaqirgan. Keyinroq u boshlangan koronavirus epidemiyasini mamlakat tarixidagi "buyuk iztirob" deb atagan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, u yerda kasallanganlar soni 3,5 milliondan oshgan.