Shimoliy Atlantika alyansi “Ukraina sabog‘i” dan to‘g‘ri xulosa chiqarmadi va Boltiq mintaqasida ongsiz ravishda eskalatsiya jarayonlarini davom ettirmoqda. NATOning Rossiya chegaralarida harbiy tomondan faollashuvi qandaydir bosqichda RFning kuch bilan javob berishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Boltiqbo‘yi davlatlarida cheksiz “qilichlar raqsi” 30-maydan - 12-iyungacha NATOning Ramstein Legacy 2022 havo mudofaa qo‘shma kuchlarining Polsha, Litva, Latviya, Estoniya ishtirokidagi manevrlari bilan davom etmoqda.
Asosiy vazifalar - alyansning barcha qayd etilgan mamlakatlar havo kengliklarida raketa otishmalarini mashq qilish va raketaga qarshi mudofaa doirasida o‘zaro hamkorlik qilish. Unda AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Norvegiya, Belgiya, Chexiya, Ruminiya, Slovakiya, Italiya, Ispaniya va Turkiya qo‘shinlari ishtirok etmoqda.
Shu bilan birgalikda Shvetsiya hududida 5—17 iyun kunlari alyansga a’zo 14 ta davlat, shuningdek, Finlyandiya va Shvetsiya qo‘shinlari ishtirokida NATOning Baltic Operations 22 yirik harbiy mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Asosiy vazifalar - desant operatsiyalari, artilleriya otishmalari, suv osti dronlari yordamida suv osti kemalariga qarshi kurash. Belgilangan maqsad- Rossiya bilan ehtimoliy urushga tayyorgarlik ko‘rishdir. Hozircha neytral bo‘lgan Shvetsiyaning tayyorgarligi NATO Harbiy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Lens Landrum tomonidan allaqachon tekshirilgan.
Kuni kecha mintaqada alyansning eng yirik Defender Europe manevrlari tugadi(26 may), Namejs 2022 harbiy manevrlarining bahorgi bosqichi (27 may) va Boltiq dengizidagi harbiy dengiz floti mashqlari (30 may) yakunlandi. Avvalroq Amerikaning Center for Naval Analyses tahliliy markazi Kaliningrad viloyatiga mudofaaning to‘rtta muhim komponenti – “Iskandar” OTRK, Boltiq floti raketa kemalari, S-400 zenit-raketalarini yo‘q qilish uchun “profilaktik zarba” ssenariysini ishlab chiqdi va e’lon qildi.
NATOning manevrlari va strategiyasidan qo‘zlagan maqsadi - harbiy mojaroning boshida Rossiya Qurolli Kuchlarini maksimal darajada zaiflashtirish, ya’ni oldindan zarba berishdir. Rossiya ittifoqning tajovuzkor rejalari va tayyorgarliklariga befarq qaray oladimi? Savol ritorik. Shu sababli, Boltiqbo‘yi mintaqasi davlatlari Ukrainadagi maxsus operatsiyasi yakunlanganidan so‘ng Rossiya harbiylarining demilitarizatsiya qilish uchun birinchi nomzodlarga aylanadi.
Yevropa yelkasiga sanchiladigan “fin pichog‘i”
Ukraina tajribasi Yevropa yetakchilarini hech narsaga o‘rgatgani yo‘q, ular mojaroning asl sababini – NATOning sharqqa kengayishini aniq ko‘rmayotir. Yevropa diplomatiyasi rahbari Josef Borrel Yevropa Ittifoqi “Ukrainadagi kabi urush” ikki haftadan ko‘p davom etmasligidan xavotirda. Go‘yoki, Ukraina mojarosi yumshoq kuch yetarli emasligi va harbiy kuch kerakligini isbotladi.
Borrel Yevropa Ittifoqining yagona armiyasini yaratishga chaqirdi. G‘oya aslo yangi emas, teng va bo‘linmas xavfsizlik talablariga javob bermaydi va umuman istiqbolli emas. Ta’kidlash lozim, NATO kuchlari va rivojlangan milliy armiyalar o‘n yillar davomida Gretsiya va Turkiyaga Egeydagi bahsli orollarni bo‘lish yoki demilitarizatsiya qilishga yordam bermagan. YeIning yangi armiyasi nimani o‘zgartiradi?
Germaniya kansleri Olaf Shols bugun “NATOga a’zo davlatlar orasida Yevropadagi eng yirik an’anaviy armiya”ni yaratishga va’da berdi. Eslatib o‘taman, alyansning Yevropa mamlakatlari bugungi kunda jami ikki millionga yaqin askarga ega. Germaniya armiyasi (184 ming kishi) inglizlardan (194 ming) bir oz kamroq va italiyaliklardan (170 ming) bir oz ko‘proq. Shu bilan birga, 2021-yil avgust oyida Pentagon va NATO mutaxassislarining katta qismi Afg‘onistondagi “havaskorlar” (Tolibon) tomonidan sharmandali zarba oldi. Armiya hajmi va samaradorligi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik yo‘q.
AQSh armiyasining Yevropadagi guruhlari 100 ming kishiga yetdi. Eski Dunyoda amerikaliklar uch yuzga yaqin harbiy baza va obyektlarga ega: Germaniyada 123 ta, Italiyada 49 ta, Buyuk Britaniyada 22 ta, Turkiyada 14 ta, Ruminiyada 6 ta, Polsha va Vengriyada 4 ta, Slovakiyada ikkitadan, Estoniya, Gruziya va Latviyada bittadan. Ro‘yxat to‘liq emas. Xulosa: Yevropada xavfsizlik va barqarorlik uchun etarlicha “shtik” mavjud, aql esa yetarli emas.
Alyans kengayishi uni kuchliroq qilmaydi, biroq yangi mojarolar maydoni paydo bo‘lishini kafolatlaydi. NATOga neytral Finlyandiya va Shvetsiyaning a’zo bo‘lishida reallikdan uzoqlashish, transmormatsiya va telbalik belgilari bor.
Shimoliy Yevropaning ikkita farovon mamlakati aslida umuman mavjud bo‘lmagan muammolarni hal qilish uchun harbiy alyansga a’zo bo‘lishga oshiqqan. Oqibatda esa, haqiqiy qurbonlar (Vashington manfaatlari uchun muqarrar bo‘lgan qurbonlar)ga ega bo‘ladi. NATO kengayishi be’mani mavjudligining alamlarini yanada ko‘paytiradi.
Yevropadagi ittifoq kuchlarining yangi amerikalik bosh qo‘mondoni Kristofer Kavoli yangi a’zolikka nomzodlarni (Shvetsiya va Finlyandiya) “katta plyus va kichik tormoz” deb atadi. Ehtimol, u bu g‘oyani rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Qizig‘i shundaki, Kavoli rus tilini biladi, Pentagonning Fors ko‘rfazi, Bosniya va Afg‘onistondagi operatsiyalarida qatnashgan va uning Prinston universitetidagi biologik dissertatsiyasining mavzusi “Yomg‘ir chuvalchanglarining tuproqdagi shilimshiq mog‘orlar vertikal tarqalishiga ta’siri”. Tayinlov Ukrainadagi voqealar fonida sodir bo‘ldi va general Kavoli allaqachon Ukraina doniga AQShning harbiy aralashuviga ruxsat bergan.
Skoukroft nomidagi Strategiya va xavfsizlik markazi (NATO bilan chambarchas bog‘liq) Bloomberg nashrida 1300 km uzunlikdagi Rossiya-Finlyandiya chegarasi NATO uchun “haqiqiy dahshat” ekanligini ta’kidladi. Adekvat amerikalik tahlilchilar faqat ikkita plyusni ko‘rishmoqda – “birdamlik namoyishi” va “Moskva pozitsiyasiga zid ravishda kengayish”.
Biroq, kelajakda provokatsion va Rossiya Federatsiyasining xavfsizligiga tahdid soluvchi ittifoq chegaralarining konfiguratsiyasi Yevropa yelkasiga sanchilagan “fin pichog‘i” ga aylanishi ya’ni, harbiy mojaroni qo‘zg‘atishi mumkin. Pentagon allaqachon Finlyandiyaning Rossiya chegaralari yaqinida yangi bazalarni ko‘rib chiqmoqda.
Rossiya munosabat bildirishni boshlagan- G‘arbiy harbiy okrugda tezkorlik bilan 12 ta qo‘shin bo‘linmalari shakllanmoqda. Bu raketa polklarimi, tank brigadalarimi yoki Havo-desant qo‘shinlarimi- bizga qorong‘u. Biroq, ehtimoiy dushmanga bu kam ko‘rinmaydi.
AQSh bilan harbiy mojaro taxmin qilingan taqdirda esa Rossiya birinchi navbatda dushman blokning qo‘shni davlatlari hududidagi barcha harbiy bazalari va obyektlarini zararsizlantirishga majbur bo‘ladi.
Qurollanish poygasi va harbiy-siyosiy notinchlik Boltiqbo‘yi mamlakatlari( shu jumladan Finlyandiya va Shvetsiya ham) NATOning sharq va shimoliy sharqqa o‘ylamasdan kengayishi va Rossiyaga asossiz tahdidlar uchun muqarrar jazo bo‘ladi.
Yevropa xavfsizligi muammolarini diplomatik (tinch va adolatli) yo‘l bilan hal qilish imkoniyatini istisno qilgan Shimoliy Atlantika ittifoqi Rossiyani boshqa barcha qonuniy vositalar bilan harakat qilishga majbur qilmoqda. Rim papasi Fransiskning “NATOning Rossiya chegaralari yaqinida provokatsion hurishi” haqidagi fikrini davom ettirib, bashorat qilish mumkinki, agar yovuz “it”ning o‘zi ketmasa, uni albatta yanchib tashlashadi.