TOShKENT, 1-iyun - Sputnik. 2022 yilning yanvar-may oylari davomida O‘zbekistonda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga eng ko‘p Soliha va Muhammadali ismlari qo‘yildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, 2022-yilning o‘tgan besh oyida 9929 nafar qizga Soliha va 9567 nafar o‘g‘il bolaga Muhammadali ismi berilgan.
Bundan tashqari, 2018 yilda chaqaloqlarga asosan Mustafo va Soliha ismlari berilgan. 2017-yilda esa chaqaloqlarga qo‘yilgan eng ommaviy ismlar – Madina va Azizbek bo‘lgan.