Gulistonda “Yoshlar bog‘i” ochildi - foto

Qayta qurilgan madaniyat va istirohat bog‘i uchun umumiy qiymati 2 milliard 800 mln so‘m mablag‘ sariflandi.
Sputnik
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida umumiy qiymati 2 milliard 800 mln so‘mga teng madaniyat va istirohat bog‘i ochildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Yoshlar bog‘i tuman markazida joylashgan bo‘lib, undan bir necha yillar davomida foydalanilmagan. 1 gektar maydonni egallagan bog‘ qayta qurildi va 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tuman aholisi va yoshlar ixtiyoriga topshirildi.
“Bog‘ olti oy davomida qayta qurildi. Bu yerda favvoralar, konsert va tomoshalar uchun 450 o‘rinli amfiteatr, “Steetboll” maydonchasi, “Book kafe”, 10 dan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari, bolalar o‘yingohi hamda attraksionlar ishga tushirildi”, - deyiladi xabarda.
Istirohat bog‘ining ochilish marosimida Xalq ta’limi vaziri va viloyat hokimi ishtirok etdi. Ular xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab tanlovining tuman bosqichi g‘oliblariga sertifikat va esdalik sovg‘alarini topshirishdi.
Shuningek, muddatidan avval nufuzli universitetlar talabaligiga qabul qilingan uch nafar bitiruvchi ham taqdirlandi.
1 / 4
2 / 4
3 / 4
4 / 4