Shimoliy Donesk “qozoni” Yevropa birdamligini parchalamoqda

Qurshov, irodasizlik, chekinish va taslim bo‘lish: Ayni damda Ukraina jang maydonlarida sodir bo‘layotgan haqiqat - Kiyev va Vashington propagandachilarining sujetlariga umuman mos kelmaydi.
Sputnik
Mustaqil bo‘lmagan OAVlar orqali ukrain natsistlarining qo‘li bilan amalga oshirilayotgan proksi-urush va Moskvani yomonotliq qilish – Rossiya Qurolli Kuchlarining asosiy maqsadi - Donbassni ozod etish, Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilishga to‘sqinlik qilmaydi.
Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) Shimoliy Donesk “qozoni” Rossiyaga qarshi kelishning natijasi muqarrar halokat bo‘lishini Kiyev rejimiga va NATO mamlakatlariga yana bir bor eslatib qo‘ydi.
Donbassdagi “Shimoliy front” uzilgan. UQK bo‘linmalari g‘arbga qarab chekinmoqda. Ukraina qo‘shinlarining Shimoliy Donesk-Lisichansk aglomeratsiyasidagi bo‘linmalari qurshab olingan va bir nechta sektorlarga bo‘lib tashlangan. UQK bo‘linmalari Shimoliy Doneskning aholi turar joy majmualaridan quvib chiqarilgan, orqaga chekinish imkonsiz. Hatto Ukraina Bosh shtabi ham shaharda rossiyalik bo‘linmalar faol harakatlanayotganini bugun tasdiqladi. Mariupolliklarning achchiq tajribasidan o‘rnak olgan holda tinch aholi ancha oldin, ya’ni ulardan “tirik qalqon” sifatida foydalanmasliklaridan avvalroq bu yerni tark etishgan.
Rossiya bo‘linmalari 18-may kuniyoq Lisichank-Baxmut trassasiga chiqqan va UQK guruhlarini Shimoliy Doneskdagi baza va zahiradan uzib qo‘ygan. Ukraina hukumati esa qamalni 12 kundan so‘ng, “qozon” to‘la shakllanganib bo‘lgandan keyin tasdiqladi. Avvalroq Kiyev rejimining Donbassdagi vakili Sergey Gayday qaytarilgan hujumlar va vayron bo‘lgan tanklar haqida mardona bayonot berib kelayotgan edi. O‘z aholisini yolg‘on xabar bilan aldashning oddiy misoli.
Donbassdagi muvaffaqiyatlarini davom ettirar ekan, Rossiya qo‘shinlari bir vaqtning o‘zida Popasnayadagi janubi-g‘arbiy front chizig‘ini ham to‘g‘irlashmoqda. Lisichanskdan ellik kilometr uzoqlikda joylashgan Baxmut va Slavansk aglomeratsiyalari UQK uchun yozning boshida “yangi qozon” bo‘lishi mumkin. G‘arblik jurnalistlar ham Donbassdagi vaziyat Ukraina bo‘linmalari uchun nihoyatda jiddiy tus olayotganini voqea joyidan turib tasdiqlashmoqda.
Maxsus operatsiyaning ikkinchi bosqichida Rossiya qo‘shinlari “olov uyumi” taktikasini faol qo‘llamoqdaki, bunga UQK hech qanday to‘sqinlik qila olmaydi. “Olov uyumi” o‘ziyurar va tortiladigan artilleriya tomonidan, aviatsiya va uchuvchisiz yong‘inni sozlash ko‘magida yaratilgan. Donbassdagi Ukraina qo‘shinlari ruhiy tushkunlikka tushgan, jangovar pozitsiyalarni himoya qilishdan bosh tortishapti, qochishapti yoki ommaviy taslim bo‘lishapti.
Ayni paytda Kiyevda prezident Vladimir Zelenskiyga ta’sir o‘tkazuvchi siyosiy va harbiy kuchlar o‘rtasida qarama-qarshilik tobora kuchaymoqda. Siyosatchilar “qarshilik ramzi” sifatida nima bo‘lmasin Shimoliy Donesni ushlab turishni talab qilishmoqda. Harbiylar esa chekinish va UQK jangovar qobiliyatini saqlab qolishni taklif qilmoqda. Atrofdagilar esa Mariupol ssenariysi bo‘yicha “evakutsiya” rejalarini xayol qilmoqda. Haqiqat esa Kiyev va Vashington propagandachilarining sujetlariga umuman mos kelmaydi.

Qadriyatlarning ortiqcha baholanishi

Kollektiv G‘arb Rossiya armiyasining muvaffaqiyatlaridan rostakamiga tashvishga tushgan. AQShning yevropalik ittifoqdoshlari orasida Ukrainadagi proksi-urushni davom etish bo‘yicha ham qarama–qarshiliklar o‘sib bormoqda. Albatta, amerikaliklar ham ukrain “kiborg”larining Donbassdan va keyinroq g‘arbga qarb qochishida xotamtoylik qilmoqchi emas. 2021-yilning avgustida AQShning NATOdan tashqaridagi asosiy ittifoqchisi bo‘lmish afg‘on armiyasi (va shu bilan demokratiya ham) tezda g‘oyib bo‘lgani hammaning yodida.
G‘arb iste’dodli komediyachi Vladimir Zelenskiyning Ashraf G‘ani, Xuan Guvaydo va Svetlana Tixanovskaya formatidagi “qochqin rahbarlar” safida “gegemon”ning harbiy–siyosiy zaifligining yorqin namoyondasi bo‘lib qolishidan manfaatdor emas. Shuning uchun Shimoliy Donesk amerikaliklar tomonidan juda aniq maqsadda (Rossiyani zaiflashtirish) yaratilgan Kiyev rejimining yaroqsizligini nazorat qilib qoluvchi punktdir.
Rossiya Federatsiyasining Polsha va Ruminiya chegaralariga qadar “rejadan tashqari” kengayishi, Finlyandiya bilan bahsli hududlar borasida chiqishi– Vashington va Brusselning haqiqatga aylana boshlagan dahshatidir. Donbassdagi “jahannamiy qozonlar” fonida AQSh va Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalari, NATO qurollarining yetkazilishi va Ukraina Qurolli Kuchlarining halokatli va besamar qarshi hujumlari – Rossiyaning maxsus operatsiyasini to‘xtata olmasligini alam bilan anglamoqda. Kiyev rejimi butunlay halokatga mahkum.
Vashingtonning bu qadar yirik geosiyosiy xatosi amerikaliklarning o‘zini va ittifoqdoshlarini ham allaqachon yuzaga chiqa boshlagan oqibatlari bilan qo‘rqitmoqda. Ya’ni, narx-navoning oshishi, o‘rta sinfning qashshoqlashishishi, ochlik, sovuq va qochoqlar oqimi kabi. Yadroviy urushning yaqinlashib kelayotgan nafasi haqida gapirmasa ham bo‘ladi.
G‘arb Kiyev rejimiga og‘ir qurollar yetkazib berishni to‘xtatib qo‘ydi. Chunki, tez orada Polsha va Germaniyaga gipertovushli “Xanjarlar” yetib keladi. Ular NATO Nizomining 5-moddasini o‘qishmagan. Ukraina eskalatsiyasining logikasi shunday belgi bermoqdaki, “gegemon” hammadan birinchi yoki ko‘proq zarar ko‘rishi mumkin. Keyin esa qish keladi. Yevropa Ittifoqi tezda “Shimoliy oqim -2”ni qo‘shishga va Moskvadan Sibir gazi uchun sharmandalarcha chegirma so‘rashga majbur bo‘ladi. Amerikalik qochqinlar esa Meksika yoki Venesuela taraf oqishi mumkin.
G‘arb OAVlarida ham Rossiyaga qarshi tashviqot va chiqishlar kamayib bormoqda. Masalan, AQShdagi mashhur Fox News telekanali saytidan “Rossiya va Ukraina urushi” otashin rukni to‘satdan g‘oyib bo‘ldi. U yerda haqiqiy rusofobiya va yolg‘on xabarlarni ishlab chiqarishardi. Britaniyaning mashhur The Telegraph gazetasidagi sarlavhalar evolyutsiyasi ham bir-biridan qiziq: 5-may- “Haqoratlangan Rossiya davrning eng dolzarb jangida yutqazmoqda”, 12-may – “ Putin ustidan qozonilgan g‘alaba bizga qimmatga tushishi mumkin”, 26-may- “Putinning shokka tushiruvchi g‘alabasiga oz qoldi”. The Hill ning yozishicha: “Rossiyani haqorat qilish-ongsizlik”. The Washington Post nashrining xabar qilishicha, Ukrainadan qochgan xorijiy yollanma askarlari Rossiyaning qudratli armiyasiga qarshi jang qilishni tavsiya qilmaydi.
Kiyev hukumatining “g‘alaba” haqidagi chiqishlari ham o‘tmishga aylandi. Bankovoda vahimali kayfiyat oshib bormoqda. Bosh mug‘ombir Zelenskiyning Xarkovga borishi media nuqtayi nazaridan bechorahol ko‘rinadi. Amaldagi prezidentning harbiy ma’lumoti va yetarli darajada siyosiy tajribasi yo‘qligi xizmat safarlarini “oldingi chiziqqa” ataylab teatrlashtirilgan va bu tashrifdan Ukraina Qurolli Kuchlarining jangovar samaradorligi uchun hech qanday foyda yo‘q.
Birorta mamlakat rus armiyasining hujumini to‘xtatish uchun Kiyev rejimini qisqa vaqt ichida kamida 400 ta samolyot va 300 ta zamonaviy modifikatsiyadagi tanklar bilan ta’minlashga texnologik jihatdan qodir emas. Ukraina Qurolli Kuchlarining kadrlar zaxirasi tugagan. G‘arb qurollari Ukraina hududida Rossiya raketalarining aniq zarbalari bilan yo‘q qilinmoqda. Ukrainaning harbiy infratuzilmasi deyarli vayron bo‘ldi. Ukraina Qurolli kuchlarining omon qolgan harbiy texnikasi uchun dizel yoqilg‘isi va benzin Polsha va Ruminiyadan avtomashinalarda tashilmoqda. Bularning barchasi falokatning belgisidir.
Oxirgi 24 soat ichida Rossiya havoga qarshi hujumi mudofaa tizimlari Donbass osmonida Ukrainaning 15 ta dronini urib tushirdi.
Umuman olganda, maxsus harbiy operatsiya boshlangandan buyon: 183 samolyot, 128 vertolot, 1064 uchuvchisiz uchish apparati, 325 zenit-raketa kompleksi, 3323 ta tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 451 zalp olovli reaktiv raketa tizimlari, 1731 dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, Ukraina Qurolli Kuchlarining 3294 ta maxsus texnikasi yo‘q qilingan.
Va baribir bu urush emas. Rossiya maxsus operatsiyasida Qurolli Kuchlarining bir qismidangina foydalanmoqda. Anchayin qudratli kuchlar va vositalar faqatgina NATO mamlakatlari bilan harbiy to‘qnashuvlarda ishlatilishi mumkin. Donbass oldingi saflarda shartnoma asosidagi harbiylar va ko‘ngillilar harakatlanmoqda. Rossiyaning operatsiya qancha davom etishidan qat’iy nazar o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishi uchun jangovar texnikasi ham, aniq zarbali raketalari ham, artilleriya snaradlariyu aviatsiya bombalari ham yetarlicha.