Nega Yevropa mamlakatlari yetakchilari Brusselda rejadan tashqari YeI sammitida yig‘ildi? Yig‘ilishdan maqsad maxsus operatsiya boshlanganining yuz kunini asl ma’nosi noma’lum bo‘lgan Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi paketi bilan nishonlash bo‘lgan.
Agar Yevropa Ukraina tor-morini to‘xtatishni istaganda, yangi saksiyalar qo‘llamagan (chunki bu baribir yordam bermaydi), balki Kiyevga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilib yangi qurollar yetkazib berilmasligini, Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun nomzod maqomini kutish kerak emasligini va Rossiya bilan yarashishning yo‘llarini Ukraina hukumatining o‘zi topishi kerakligini ochiq-oydin aytgan bo‘lardi.
Aslida Yevropa ushbu ishni 2014-yilning o‘zidayoq qilish kerak bo‘lganini tan olishi kerak. Bundan tashqari, Rossiya va Ukraina munosabatlari Yevropaning ichki ishi emas, umuman Yevropa Ittifoqining bunga aloqasi yo‘q. Bu YeI uchun mutalaqo begona ish. Yaxshisi, bunga u aralashmagani va rus yerlari hisobiga o‘zining ta’sir maydonini ko‘paytirmagani ma’qul. Va albatta, Rossiya yutqazishiga ham pul tikmasligi kerak edi.
Biroq, YeI aniq-ravshan, ko‘rinib turgan voqealarni tan olishni istamaydi. Shuning uchun ham sanksiyalar o‘rasiga tobora chuqurroq kirishga majbur. Ha, aynan chuquriga. Agar sanksiyalar Rossiyaning jangovar harakatlarini to‘xtatishga imkon bermasa (axir bu ularning rasmiy sababiku), tezkor va kerakli zarar yetkaza olmasa, unda Yevropa uchun ulardan qanday naf? Nima uchun yevropaliklar inflyatsiyadan aziyat chekishlari kerak? Axir yaqinda Germaniya iqtisodiyot vaziri Robert Xabek aytganidek, sanksiyalarni kelishib olishdagi muammolar yagona emas:
Rossiyaning Ukrainaga nisbatan tajovuzi boshlangandan so‘ng, biz agar Yevropa birlashsa nima bo‘lishini ko‘rdik. Sammit oldidan umid qilamizki, bundan keyinroq ham shunday bo‘ladi. Ammo, hozir bu birdamlikka putur yetkazila boshladi.
YeI Rossiya nefti importiga taqiq qo‘yish borasida birdam emas: bir nechta mamlakatlar, birinchi navbatda Vengriya o‘z kelishuvini ko‘p milliardlik kompensatsiya evazigagina berishi mumkinligini talab qilmoqda. Natijada sanksiyalarning yangi paketida minimum quvurdan o‘tkaziladigan neft uchun taqiq qo‘yilmasligi mumkin. Biroq, Yevropa Vengriyaga kompensatsiya to‘lab bergan va Rossiya neftidan butunlay voz kechgan taqdirda ham, nimaga erisha oladi? Narx-navolarning o‘sishidan tashqari, albatta.
Ukrainadagi maxsus operatsiya tugamaydi. Balki, yangi sanksiyalardan so‘ng yevropaliklar o‘zlarini ancha xavfsiz va himoyalangan his qilib qolar. Rossiyadan qaramlikning kamligi ularga ertangi kun uchun ko‘proq ishonch beradimi? Moskvaning Boltiqbo‘yi va Polshaga hujumining oldini olib qo‘yadimi? Axir bunday rejalar haqida Polsha rahbarlari aytaptiku. Ya’ni, Rossiya NATOga qarshi urush e’lon qilmoqchi- va yevropaliklar bu safsataga ishonadimi? Va sanksiya qo‘llashni qo‘llab – quvvatlaydimi?
Hozircha, ha, shunday. “Demokratiyalar alyansi” jamg‘armasi (besh yil avval NATOning sobiq bosh kotibi Anders Fog Rasmussen tomonidan tuzilgan) o‘tkazgan ijtimoiy so‘rovnoma bunga isbot bo‘lishi mumkin. Natijalarni kuni kecha The Guardian nashri “so‘rovnomalarga ko‘ra, Rossiyaga qarshi salbiy qarashlar asosan g‘arbiy liberal demokratik mamlakatlar bilan cheklangan” nomli sarlavha ostida e’lon qildi.
Darhaqiqat, so‘rovnoma faqat G‘arbda o‘tkazilmagan. Hozirga qadar unga 52 ta mamlakat qamrab olingan.
Yevropa aholisining 55% Rossiya bilan iqtisodiy munosabatlarni uzishni yoqlab chiqqan.
Rossiyaga qarshilan soni eng ko‘p bo‘lgan davlat - Polsha (87%) va Ukrainaning o‘zida (80%) chiqqani ajablanarli emas. Biroq, uchinchi o‘rinda kutilmaganda - Portugaliya (79%). Bu holatda nafaqat Rossiyaga qarshi propaganda, balki mamlakatimiz bilan bo‘lgan aloqalarning kamligi, shuningdek energetika borasida munosabatlarning yo‘qligi ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan.
To‘rtinchi o‘rin - Shvetsiya (77%) va bu tushunarli. Biroq, biz bilan an’anaga ko‘ra do‘stona bo‘lgan Italiyaning natijalari (65%) hayratga soladi. Xuddi shunday ko‘rsatkichni azaldan bizga dushman kayfiyatida bo‘lgan Buyuk Britaniya ham kayd etgan, garchi bu yerda ko‘rsatkich dinamikasi muhim bo‘lsa ham. “Demokratiyalar alyansi so‘rovnomasi, ehtimol, erta bahorda o‘tkazilgan, ammo boshqa tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, xuddi shu Britaniyada mart-may oylari uchun sanksiyalar urushini qo‘llab-quvvatlovchilar soni 50% dan 36% gacha kamaydi (narxlar ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan).
Germaniya 62% bilan o‘rtacha Yevropa darajasidan yuqori, bundan tashqari, Rossiya energiya tashuvchilarga embargo qo‘yish tarafdorlari soni mart-may oylarida mamlakatda 44% dan 50% gacha ko‘tarildi.
AQSh ham Germaniya bilan teng: xuddi shunday 62% odam Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatladi, ammo ikki oy ichida ularning soni, boshqa so‘rovnomalarga ko‘ra, 55% dan 45% gacha kamaygan.
Umumiy tendensiya aniq: inflyatsiya yevropaliklar va amerikaliklarning cho‘ntagiga zarba bergan bo‘lsada, ularni Ukrainaning Rossiya ustidan g‘alaba qozonishi (yoki, “Rossiyaning g‘alabasini oldini olish”) mumkinligiga ishonchlari komil edi, ko‘pchilik sanksiyalar tarafdorlari edi. G‘alaba bilan bog‘liq vaziyat aniq bo‘lmadi, (G‘arb ommaviy axborot vositalarining aytishi bo‘yicha) inflyatsiya esa bir vaqtning o‘zida tezlashgani sayin kayfiyat ham o‘zgara boshladi. Va biz bu jarayonning boshlanishida turibmiz.
Rossiyaga bundan nima naf? Hech qanday naf yo‘q. Shundoq ham bizning harakatlarimiz yevropaliklar nima deb o‘ylayotganiga bog‘liq emas.
Tezdir yoki sekin, katta yoki kichik harakatlar bilandir, ammo biz baribir o‘z maqsadimizga erishamiz: Ukraina G‘arb ta’siridan chiqariladi. Biroq, g‘arb elitasi va oddiy odamlarning kayfiyatlarini nafaqat harbiy operatsiyalarda, balki ular bilan birgalikda ketayotgan maxsus geosiyosiy operatsiyada ham inobatga olish zarur bo‘ladi. Bu faqat Rossiyaning o‘ziga emas, balki butun dunyo uchun ahamiyatli.
Shuning uchun “Demokratiyalar alyansi” so‘rovnomasining g‘arbda bo‘lmagan mamlakatlardagi ko‘rsatkichlari ham shuni ko‘rsatadiki, ularning barchasi Rossiyaga nisbatan ijobiy munosabatda va sanksiyalar qo‘llanilishini qo‘llab–quvvatlamaydi. Darvoqe, Yevropa mamlakatlari orasida Rossiya bilan iqtisodiy munosabatlarni uzishni istamagan ikkita mamlakat chiqdi: Vengriya va Gretsiya.
Umumiy hisobda, aholisi Rossiya bilan aloqalarni uzishga qarshi bo‘lgan mamlakatlar 52 tadan 20 tani tashkil etadi. Ammo bular aynan kim ekani ahamiyatli.
Bular Osiyoning eng yirik mamlakatlari: Xitoy, Hindiston, Turkiya, Indoneziya, Pokiston. Shuningdek Tailand, Malayziya, Vyetnam, Filippin ham Rossiya tarafdori. Arab dunyosida ham xuddi shunday ko‘rsatkich: Saudiya Arabistoni, Misr, Jazoir va Marokash. Afrikada ham– Nigeriya, JAR va Keniya. Lotin Amerikasida esa tengma-teng. Ammo, shunda ham mintaqaning yirik mamlakati bo‘lmish Meksikada ko‘pchilik sanksiyalarga qarshi.
Bundan tashqari, Rossiyaga nisbatan eng ijobiy munosabatlar Hindistonda (36%), Jazoirda (29%) va Indoneziyada (14%) qayd etilgan.
Shu bois, hatto The Guardian ham “asosan G‘arb liberal demokratiyalari va dunyoning qolgan qismi tomonidan Rossiya haqidagi tasavvurlarda keskin qutblanish” va “Rossiyaga nisbatan salbiy qarashlar asosan Yevropa va boshqa liberal demokratik davlatlar bilan cheklanganligini” tan oldi.
Ahamiyatlisi, ushbu so‘rovnoma maxsus operatsiyaning dastlabki kunlaridan aniq bo‘lgan haqiqatni tasdiqladi: dunyo ikkita teng bo‘lmagan qismga bo‘lingan.
Rossiyaga qarshi ozchilik G‘arb bilan cheklangan va u global ommaviy axborot vositalari ko‘rinishida ulkan kuchga ega bo‘lib, g‘arbiy bo‘lmagan dunyoning aksariyat medialari undan ma’lumot oladi (Lotin Amerikasi, Afrika va Osiyoning bir qancha qismlari haqida). Va ularning muhim qismi ochiqdan-ochiq Rossiyaga qarshi pozitsiyani egalladi. Biroq, u mahalliy elitani ham, aholining asosiy qismini ham Rossiyaga qarshi qo‘zg‘atolmadi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi ovoz berish jarayonida g‘arbga tegishli bo‘lmagan ko‘plab asosiy davlatlar Rossiyani qoralashdan tiyilishganida, ularning pozitsiyasini G‘arbda Moskva bilan janjallashishni istamasliklari va bunday davlatlar hukmdorlarining avtoritar tabiati bilan izohlashdi. Emishki, ular G‘arb demokratiyasini yoqtirmaydi, shuning uchun Putinni qo‘llab-quvvatlashadi. Ammo ijtimoiy so‘rovnomalar shuni ko‘rsatmoqdaki, bu davlatlarning xatti-harakatlarini shunchaki hisob-kitob bilan izohlab bo‘lmaydi, chunki Rossiyaning oddiy fuqarolari ham unga xuddi shunday munosabatda bo‘ladi.
Ba’zilar o‘zini insoniyat sivilizatsiyasining cho‘qqisi deb biladigan yevropaliklar va amerikaliklar kabi xalqaro siyosatda tajribali bo‘lishdan yiroq, lekin G‘arbning Rossiyaga nisbatan baholari va munosabatlarining adolatsizligi va yolg‘onligini ancha yaxshi tushunadi. Albatta, yevropaliklar uchun mamlakatimiz haqida noto‘g‘ri qarashlardan xalos bo‘lish ancha qiyin: rusofobiya chuqur tarixiy ildizlarga ega.
Bu hozirgi Yevropa elitasida geosiyosiy mustaqillikning yo‘qligi bilan qo‘shilashganda esa, Rossiya bilan sanksiyalar urushiga asir tushishdan qutulish juda qiyin bo‘ladi. Biroq, Yevropada hamon boshqa yo‘l yo‘q. Rossiyaning emas, aynan Yevropaning boshqa yo‘li yo‘q. Va u buni qanchalik tez tushunsa, kelajakda shunchalik kam yo‘qotishlarga duchor bo‘ladi.