Rossiya g‘allasini rublga sotish taklif qilindi

Rossiya g‘allasini rublga sotish taklif qilindi.
Sputnik
Rossiya don eksportchilari ittifoqi Markaziy bankdan eng yirik xorijiy xaridorlar uchun hisob-kitoblarni rublda amalga oshirishni joriy etishni so‘radi. Bu haqda “Kommersant” xabar qildi.
Sabab sifatida Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli G‘arb valyutalarida mablag‘ olishdagi qiyinchiliklar ko‘rsatilgan.
Bu sxema milliy valyutalarda savdoga o‘tishga tayyor bo‘lgan Turkiya bilan ishlashi mumkin, deb yozmoqda nashr.
Rossiya g‘allasining eng yirik xaridorlari - Misr, Turkiya, Saudiya Arabistoni va Eron.
Eron bilan rublda to‘lovlarni amalga oshirish savdoni sezilarli darajada osonlashtiradi, chunki mamlakat G‘arbning noqonuniy sanksiyalari ostida qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin do‘st bo‘lmagan davlatlar tomonidan gaz uchun to‘lovlarni faqat rublda to‘lashi haqida topshiriq bergandi.