Hozircha "Podval odamlari" - video

Rossiya va LXR harbiylari Severodonesk aholisining tinch hayotga qaytishiga yordam bermoqda.
Sputnik
TOShKENT, 31-may - Sputnik. Severodonesk aholisi o‘qqa tutilishi oqibatida, hozircha ko‘p qavatli uylarning podvalida yashashga majbur bo‘lishmoqda.
Severodonesk aholisi, shahar deyarli to‘liq LXR nazoratiga o‘tganiga qaramay, Ukraina harbiylari tomonidan o‘qqa tutilayotgani tufayli podval va yerto‘lalarda yashashda davom etmoqda. Rossiya va LXR harbiylari ularning tinch hayotga qaytishiga yordam beradi.
"Hozir bizning asosiy vazifamiz, plasdarmni kengaytirish, Janubga hujumni davom ettirish, tinch aholiga yordam keo‘rsatish. Ukraina qo‘shinlari o‘qqa tutishi oqibatida ular suvsiz, ovqatsiz qolgan va yordamga muhtoj", - deydi LXR jangchisi.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Vladimir Putin ushbu operatsiya maqsadi "DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan tahqirlanish va genotsiddan qutqarish va himoya qilish" deb atagan. Operatsiya maqsadi - “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish.