Emomali Rahmon O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Sputnik Tojikiston mamlakatning O‘zbekistondagi elchisi Abdujabbor Rahmonzodaga asosan xabar qildi.
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Eronga amalga oshirgan safaridan so‘ng amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda. Tashrif 2-3 iyun kunlariga mo‘ljallangan.
Rahmon tashrif davomida O‘zbekiston rahbariyati bilan uchrashib, do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qiladi. Iqtisodiy va investitsiya forumi, mintaqaviy ilmiy-amaliy konferensiya hamda qator madaniy tadbirlarda ishtirok etadi.
Savdo-iqtisodiy, transport va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik qilishga oid qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.