Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

“Azovstalda” 152 jangari tanasi bilan minalashtirilgan yuk mashinasi topildi

Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, jasadlar Kiyevning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatmasi bilan minalashtirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Ukraina harbiylari va jangarilari “Azovstaldagi” yerto‘la inshootlarida Rossiyaga qarshi provokatsiya uchun Kiyevning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatmasi bilan minalashtirilgan va ichida 152 halok bo‘lganlarning tanasi bo‘lgan yuk mashinasini qoldirishgan. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yuk mashinasida sovutish tizimi ishlamagan. Unda halok bo‘lgan millatchilar va Ukraina Qurolli kuchlari harbiylarining 152 ta jasadi taxlab qo‘yilgan bo‘lgan. Yuk mashinasini ko‘zdan kechirish chog‘ida Rossiya saporlari tanalar ostida o‘rnatilgan to‘rtta minani aniqlashgan. Bu portlovchi moddalar u yerlagi tanla qoldiqlarni yo‘q qilib yuborishga yetarli bo‘lgan.
“Asir “Azov” jangarilarini so‘roq qilish natijasida aniqlandiki, tanalar Kiyevning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatmasi bilan minalashtirilgan. Provokatsiya maqsadi – Rossiyani tana qoldiqlarini qasddan yo‘q qilishda ayblash va Kiyev rejimi va shaxsan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning siyosiy “obro‘sini” qutqarish uchun ularni qarindoshlariga berish uchun olib chiqishga yo‘l qo‘ymaslik”, - dedi Konashenkov.
General-mayorning ta’kidlashicha, Rossiya yaqin kunlarda “Azovstal” hududida aniqlangan ukrainalik jangarilar va harbiylarning jasadlarini Ukraina tomoniga topshirishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Azovstalda" qurshovga olingan 2,5 mingga yaqin jangarilar va Ukraina harbiylarining 531 kishidan iborat so‘nggi guruhi 20-may kuni taslim bo‘lgan edi. Shu tariqa, Marupol shahri jangarilardan to‘liq ozod etilgan.