Axbor Imomxo‘jayev olamdan o‘tdi

Axbor Imomxo‘jayev 1956-yilda poytaxtda ilk bor qurilgan "Paxtakor" stadionida o‘zbek tilida sharhlovchilik qilgan.
Sputnik
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Taniqli sport jurnalisti, Respublika toifasidagi hakam Axbor Imomxo‘jayev 86 yoshda hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi ma’lum qildi.
Axbor Imomxo‘jayev 1936-yil 19-fevralida Toshkentda tug‘ilgan. U zamonaviy o‘zbek sport jurnalistikasining asoschilaridan biri sanaladi.
1954−1956 yillarda Toshkent viloyati Pedagogika bilim yurtida tahsil olgan. 1959 — 1963-yillarda Jismoniy tarbiya instituti futbol bo‘limini tamomlagan.
10 yil davomidla "Paxtakor" jamoasi boshlig‘i, O‘zbekiston televideniyesida sport tahririyati sharhlovchisi, bo‘lim mudiri va bosh muharrir lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
U 1956-yilda poytaxtda ilk bor qurilgan "Paxtakor" stadionida o‘zbek tilida sharhlovchilik ham qilgan.
Futbol sohasida ko‘plab kitoblar muallifi. Faoliyati davomida futbol uchrashuvlarida hakamlik qilib, Respublika toifasidagi hakam darajasini olgan.
Axbor Imomxo‘jayev "Shuhrat" medali, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan.