AQSh iqtisodiy urushda mag‘lubiyatga uchradi - Turkiya OAV

AQSh iqtisodiy urushda mag‘lubiyatga uchradi - Turkiyaning Cumhuriyet gazetasi.
Sputnik
AQShning Rossiya va Xitoyga qarshi iqtisodiy tajovuzi ma’nosiz bo‘lib chiqdi va Amerika uchun muvaffaqiyatsizlikka aylandi. Bu haqda Turkiyaning Cumhuriyet gazetasi muallifi Mehmet Ali Guller. RIA Novosti xabariga asosan.
Uning fikriga ko‘ra, amerikalik siyosatchilarning "qirg‘in sanksiyalar" bo‘yicha hisobi Rossiyaning tuzilishini yaxshi tushunmaganiligi sababli ish bermadi, Rossiya bunga javoban barcha kuchlarini milliy iqtisodiyotni qurishga qaratdi.
"AQSh boshqa davlatlarni jilovlay olmadi. Ular Germaniya boshchiligidagi rivojlangan Yevropa iqtisodlarini energiya sanksiyalarini qo‘llashga majbur qila olmadilar va g‘allaga nisbatan kiritilgan cheklovlar olib tashlanadi, shekilli. Ular energetik bozorni nazorat qilish maqsadida ular bilan hamkorlik qilishga Saudiya Arabistonni ishontira olmadi. Ular Xitoy, Hindiston, Janubiy Koreya va Turkiya kabi yirik xaridorlarni “to‘sib qo‘ya olmadi”, - dedi Guller.
Uning ta’kidlashicha, o‘z tashabbuslari tufayli Vashington og‘ir moliyaviy ahvolga tushib qoldi. "AQSh iqtisodiyoti 2022-yilning birinchi choragida 1,5 %ga qisqardi! Biroq birinchi chorakda 1,1 foiz o‘sish kutilgan edi. Boshqa tomondan, inflyatsiya AQShda rekordlarni yangilamoqda. Yillik inflyatsiya fevral oyida 7,9 %dan oshdi. Mart oyida 8,5%, kutilganidan oshib ketdi va 40-yillik eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi. AQSh Federal zaxira tizimi esa shu oy boshida o‘zining asosiy foiz stavkasini yillik bir foizga oshirdi”, — deyilgan maqolada.
Shu bilan birga, joriy yil aprel oyida Rossiyaning energiya resurslarini sotishdan tushgan daromadlari 2021-yil shu davriga nisbatan ikki baravar ko‘paydi, dedi Guller. Rubl ham G‘arb sanksiyalarining barbodligini ko‘rsatdi.
"Rossiya rubli AQSh kutganidan farqli o‘laroq, dollarga nisbatan mustahkamlandi. Ukrainadagi maxsus operatsiya oldidan 77 rubl atrofida bo‘lgan valyuta kursi 6-mart kuni sanksiyalarning birinchi zarbasi bilan 114 taga yetdi va 3-aprel kuni esa yana boshlanishidan oldingi ko‘rsatkichlarga qaytdi.Shundan so‘ng Rossiyavalyutasi kundan-kunga kuchayib bordi va 22-mayda bu ko‘rsatkich 57ga tushdi. Shunday qilib, rubl dollarga nisbatan 30 %ga qo‘shildi va so‘nggi to‘rt yildagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi”, — dedi muallif.

Rossiyaga qarshi sanksiyalar

Ukrainani denatsifikatsiyava demilitarizatsiya qilish bo‘yicha maxsus operatsiya boshlanganidan so‘ng G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosiminikuchaytirdi. Birinchi navbatda cheklov choralari bank sektoriga va yuqori texnologiyali mahsulotlar yetkazib berishga ta’sir ko‘rsatdi.
Kreml bu choralarni iqtisodiy urush deb atadi, bunday avval bo‘lmagan, ammo voqealarning bunday rivojlanishiga tayyor ekanini ta’kidlagandi.