TOShKENT, 30-may — Sputnik. Xerson viloyati agrarlari Rossiyaga g‘alla sotishni boshladi. Bu haqda viloyat harbiy-fuqarolik ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Kirill Stremousov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
“G‘alla sotuvi bor, chunki biz yaqinda yangi hosilni yig‘ib olamiz. 20-iyundan Xerson viloyatida to‘laqonli g‘alla yig‘im-terimi boshlanadi”, - dedi Stremousov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, fermerlar Rossiyaga g‘allani Qrim orqali jo‘natadi.
“Xerson tadbirkorlari mintaqamizning iqtisodiy farovonligini oshirish uchun Rossiyaga g‘alla sotishadi”, - dedi Stremousov.
Shuningdek, u viloyat hokimiyati mahalliy va Rossiya zavodlariga moy ishlab chiqarish uchun urug‘ yetkazib berish masalasini muhokama qilayotganini ham qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, maxsus harbiy operatsiya davomida Rossiya harbiylari Ukraina janubidagi Xerson va Zaporojye viloyatining Azov qismini nazorat ostiga oldi. Hududlarda harbiy-fuqarolik boshqaruvi tuzildi, Rossiya telekanallari va radiostansiyalari efirga chiqa boshladi, Qrim bilan savdo aloqalari tiklanmoqda.